• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokimning o‘g‘liga ozodlik, oddiy fuqaroga 2,5 yil bergan Namangan viloyati sudyalari taqdirlandi

    Namangan viloyat sudi raisi Alisher Usmanov “Benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Pop tumani hokimining o‘g‘liga nisbatan jazoni o‘zgartirib, uni ozodlikka chiqargan sud majlisida ma’ruzachi bo‘lgan viloyat sudining sudyasi Avazbek Inomovning ota-onasiga esa Sudyalar oliy kengashi tashakkurnomasi e’lon qilindi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

    Foto: Namangan viloyati sudi

    Avvalroq Daryo.uz saytida katta miqdorda elektr energiyasi o‘g‘irlagan Pop tumani hokimining o‘g‘li qamoqdan ozod qilingani haqida yozgan edi. Shundan so‘ng Kun.uz saytida ushbu jinoyat ishi xuddi shunday jinoyatga qo‘l urgan boshqa tadbirkor qamoqda qolgani, hokimning o‘g‘li esa jazodan deyarli qutilib qolgani haqida maqola e’lon qilingan edi.

    Nihoyat, Namangan viloyat sudi rasmiy munosabat bildirdi. Unda hokimning o‘g‘liga ozodlikdan mahrum qilish bo‘lmagan jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar qoplanganidan tashqari Oliy Majlis Senati a’zosi hamda Uychi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda mahalla raisining sudga kiritilgan iltimosnomalari e’tiborga olingani aytiladi.

    Xuddi shunday jinoyatda ayblangan boshqa bir tadbirkor tomonidan yetkazilgan zarar qoplangan bo‘lsa-da, biroq miqdori besh barobar ko‘pligi va aybiga iqror bo‘lmagani unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanishiga asos sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, viloyat sudi munosabatida sud ajrimiga nisbatan shikoyat keltirish mumkinligi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, sud hujjatlariga faqat yuqori sud instansiyasi huquqiy baho berish vakolatiga ega ekani ham bildirilgan.

    Namangan viloyat sudining ushbu munosabati ijtimoiy tarmoqda navbatdagi muhokamalarga olib keldi. Muhokamalarning aksariyatida “og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boyvachcha gapirsin!” mazmunida istehzo qilinayotgan bo‘lsa, ayrim foydalanuvchilar “har ikki holatda ham zarar qoplanganiga” e’tibor qaratib, “aybiga iqror emasligi og‘irlashtiruvchi holat deb baholanishiga” jiddiy e’tiroz bildiradi. Yana bir munosabatda hokimning o‘g‘liga Oliy Majlis Senati a’zosi hamda Uychi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi iltimosnoma kiritgani, bunday iltimosnoma nima uchun qamoqda o‘tirgan shaxsga nisbatan berilmagani, u ham tadbirkor ekanini qayd etadi.

    Sobiq deputat va jamoat faoli Rasul Kusherbayev mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimlariga bildirgan munosabatda “Namangan sudi raisi va sudyalari iste’foga chiqishi va faoliyati tekshirilishi kerak”ligini aytgandi.

    Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov esa “Daryo”ning ushbu masala yuzasidan so‘roviga: “Sudyalar oliy kengashi sud hujjatlariga huquqiy baho berish vakolatiga ega emas. Sud hujjatlariga faqat yuqori sud instansiyasi huquqiy baho berishi mumkin”, deya javob bergan edi.

    13.09.2024, 18:59   Izoh (0)   31088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida adolatsiz qaror chiqargan sudya 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    26.07.2024, 15:05

    Andijon viloyat maʼmuriy sudi raisi lavozimidan ozod etildi  

    06.08.2024, 23:30

    Sudda fermer jarima noto‘g‘ri hisoblanganini isbotladi, sudya mutaxassis javobi bilan buni tasdiqlatdi. Biroq qarorda baribir bank manfaati ustun keldi

    19.08.2024, 18:35

    “Humo arena” yonidagi ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi

    13.09.2024, 18:22

    Ekopartiya inson salomatligi uchun muhim tashabbus bilan chiqmoqda

    13.09.2024, 18:00

    Prezident sportchilarning ota-onalari, oila aʼzolarini ham olqishlab, ularga ezgu tilak bildirdi

    13.09.2024, 17:47
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.