• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston zo‘ravonlikka uchragan ayol yarashish muddatisiz ajrashishi mumkinligi belgilanmoqda

    O‘zbekistonda nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanishi kutilmoqda. Bu masala 11-fevral kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Majlisda “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Qonunda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda.

    Jumladan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanmoqda.

    Majlisda ta’kidlanishicha, nikohdan ajratish masalasi o‘z vaqtida hal qilinmasligi ayrim hollarda ayollarning o‘z joniga qasd qilishi, bevaqt o‘limi kabi ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

    Bu normaning amaliyotga joriy etilishi muntazam tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan nizoli oilalarda og‘ir jinoyatlar sodir bo‘lishining oldini oladi. Ushbu qonunning qabul qilinishi xotin-qizlar huquqlarini yanada mustahkamlashga, ularning turar-joy masalalarini qonuniy hal qilishga xizmat qiladi.

    Majlis so‘nggida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

    O‘zbekiston zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejasi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgandi. 2023-yilning dekabrida imzolangan qarorda Vazirlar Mahkamasi va Oliy sud bilan birgalikda jinoiy oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, ya’ni, sud mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yo‘q deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qilish qarorini chiqarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga kiritishi belgilangandi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, jamiyatda har uch ayoldan biri zo‘ravonlikning muayyan shakliga uchramoqda. Shuning uchun rivojlangan davlatlarda bunday shaxslarga tezkor psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

    O‘zbekistonda ham har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi.

    Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning may oyida ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishganda har bir ayol uchun munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergandi. 2024-yil 1-iyundan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etildi.

    12 fevral, 16:55   Izoh (0)   1804
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #zo‘ravonlik#oilaviy zo‘ravonlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash to‘g‘risida qonun imzolandi

    03.09.2019, 18:45

    O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

    24.03.2023, 10:29

    O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi

    31.03.2023, 09:08

    O‘zbekistonda xotin-qizlarni zulm va zo‘ravonlikdan himoyalovchi qonun kuchga kirdi. Asosiy jihatlar

    15.04.2023, 14:30

    O‘zbekiston zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda

    27.12.2023, 09:57

    Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video olgan vaynerlarga sud hukmi o‘qildi

    27.01.2024, 23:53

    Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim yaratiladi

    20.02.2024, 15:08

    O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar standarti ishlab chiqiladi

    03.05.2024, 21:40

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga joylashtiriladi

    02.08.2024, 14:33

    O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha 10 oyda javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi

    26.11.2024, 11:10

    O‘zbekistonda Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari joriy etilishi mumkin

    22.12.2024, 19:05

    Hindistonlik ayol mushugini undan ko‘proq yaxshi ko‘rgan erini sudga berdi

    25.12.2024, 16:58

    Toshkent viloyatida ayol eri tomonidan kaltaklandi

    22 yanvar, 23:00

    Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi

    24 yanvar, 21:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.