Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda parlament axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng zamonaviy xalqaro normalar va xorijiy tajribadan kelib chiqib, jismoniy zo‘ravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik uchun ham ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni, nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, shahvoniy shilqimlik qilish, voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik kabi harakatlar uchun javobgarlik kiritilmoqda.

Aliment majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi chora sifatida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb qilish kabi yangi ma’muriy jazo chorasi kiritilmoqda. Shu bilan birga, ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sport, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari