• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston AQSHning yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlik o‘rnatmoqchi

    O‘zbekiston AQSH bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Unga ko‘ra, TIV 2025-yil yakuniga qadar AQSH bilan yangi davrdagi strategik sheriklik aloqalarini yanada chuqurlashtirish choralarini ko‘rishga mas’ul bo‘ladi.

    Oliy darajadagi tashrifni tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Toshkent shahrida AQSH bilan kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining dastlabki raundini o‘tkazish, “C5+1” formati doirasida hamkorlikni faollashtirish, jumladan, vazirlar uchrashuvi, tegishli “ishchi guruhlar” yig‘ilishlari hamda ushbu format tashkil topganligining 10 yillik yubiley sammitini Samarqandda o‘tkazish masalalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

    Loyiha bilan Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xususan, Kongress yetakchi a’zolarining O‘zbekistonga tashriflarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.

    Amerika qit’asi mamlakatlaridan salohiyatli investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, ular ishtirokida turli biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali savdo-investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish, AQSH bilan xavfsizlik hamkorlik aloqalarini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.

    Bundan tashqari, AQSH hukumati tomonidan e’lon qilinadigan inson mezoniga oid turli hisobotlarda O‘zbekistonning yuqori o‘rnini saqlab qolish bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalarini davom ettirish reja qilingan.

    Ushbu davlat bilan ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va boshqa sohalarda aloqalarni kengaytirish, xususan, universitetlararo hamkorlik, ingliz tilini o‘qitish, fan va ekologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.

    O‘zbekiston—AQSH munosabatlari

    AQSH O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan. 1992-yil martda esa Toshkentda AQSH elchixonasi ochilgan. 2002-yil martida Vashingtonda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH prezidentlari Strategik hamkorlik haqida deklaratsiyani imzolagan.

    2018-yil 15—17-may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi va uning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangani haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi.

    2020-yil oktyabrida “Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risida AQSH—O‘zbekiston qo‘shma bayonoti” qabul qilingandi. Unda Qo‘shma Shtatlar uchun O‘zbekistonning xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishda O‘zbekiston xalqi bilan yonma-yon ishlash katta sharaf ekani aytilgandi. Bayonotning qabul qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikda yana bir ijobiy qadam deya qayd etilgandi. 

    AQSH O‘zbekistonning eng yirik 10 ta savdo hamkoridan biridir. O‘zbekiston-AQSH savdo hajmi 2024-yilda 773,3 million dollarga yetdi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda AQSH kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga ko‘paydi.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti 2023-yil 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan. 2025-yilda ishtirokchi mamlakatlar “C5+1” formati doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning o‘n yilligini nishonlaydi.

    9 yanvar, 14:32   Izoh (0)   5004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston—AQSH

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda O‘zbekiston—AQSh savdo forumi bo‘lib o‘tdi

    01.02.2017, 20:32

    O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

    09.08.2018, 22:26

    Toshkentda O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

    21.06.2019, 06:43

    “O‘zbekiston xalqi bilan yonma-yon ishlash AQSh uchun katta sharaf”. AQSh va O‘zbekiston qo‘shma bayonot e‘lon qildi

    31.10.2020, 19:10

    AQSh O‘zbekistondagi mustaqil OAVlarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqchi

    22.02.2021, 07:49

    AQSH O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

    03.11.2023, 10:34

    O‘zbekiston hamda AQSH bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam qilishga kelishdi

    16.09.2024, 10:28

    AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi

    13.12.2024, 10:25

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirishni muhokama qildi

    19.12.2024, 23:01

    O‘zbekiston JST bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    20.12.2024, 10:41

    AQSHdan O‘zbekistonga 1 yil ichida necha kishi deportatsiya qilingani ma’lum qilindi

    22.12.2024, 13:16

    O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 11 oyida 59,4 mlrd dollarga yetdi

    23.12.2024, 18:44

    Umidjon Saidxo‘jayev: O‘zbekistonning yirik kompaniyalaridan AQSHda innovatsiyalar yetakchiligigacha

    24.12.2024, 18:14

    AQSh Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzib chiqmoqda, buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

    26.12.2024, 19:45

    “Markaziy Osiyo — AQSH manfaatlarining kalit hududi”. Tramp mintaqaga qanday e’tibor qaratadi?

    31.12.2024, 18:03

    AQSH iqtisodiyoti 2025-yilda Rossiyanikidan 14 barobar, O‘zbekistonnikidan 236 barobar yuqorilaydi (infografika)

    1 yanvar, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi hodisa munosabati bilan AQSH prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

    3 yanvar, 17:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.