• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston demografik holati tahlili: tug‘ilish va nikohlar kamayib, o‘limlar ko‘paydi

    Statistika agentligi 2024-yildagi O‘zbekistonning demografik holatiga doir maʼlumotlarni eʼlon qildi. Tahlilda nikoh va ajrashishlar, tug‘ilish hamda o‘limlar soni keng yoritilgan.

    Kollaj: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Doimiy aholi soni

    2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholi soni 37 mln 543 ming kishidan oshdi (2023-yilda 36,8 mln kishi bo‘lgan). Shundan erkaklar 18,9 mln kishi, ayollar 18,6 mln kishidan ortiq. Shaharlarda yashovchilar 19,1 mln nafar, qishloqlarda istiqomat qiluvchilar 18,4 mln nafarni tashkil etgan.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Respublika bo‘yicha aholisi eng ko‘p hududlar doimgidek Samarqand (4,3 mln kishi) va Farg‘ona (4,1 mln) viloyatlari bo‘lib qolmoqda. Eng kam odamlar yashovchi joylar qaytorida Sirdaryo (930,8 ming kishi) hamda Navoiy (1 mln kishi) viloyatlari qayd etilgan. Qolgan hududlar aholisi quyidagicha:

    • Qashqadaryo viloyati — 3,6 mln nafar;
    • Andijon viloyati —3,5 mln nafar;
    • Toshkent shahri — 3,1 mln nafar;
    • Namangan viloyati — 3,1 mln nafar;
    • Surxondaryo viloyati — 2,9 mln nafar;
    • Buxoro viloyati — 2,1 mln nafar;
    • Xorazm viloyati 2 mln nafar;
    • Qoraqalpog‘iston — 2 mln nafar;
    • Jizzax viloyati — 1,5 mln nafar.

    Taqqoslash uchun, 2010-yilda mamlakatda 28 mln kishi doimiy yashagan. O‘tgan 15 yil mobaynida aholi soni qariyb 9,5 mln nafarga ko‘paygan. Tahlillarga ko‘ra, 2040-yilga borib respublika aholisi soni 48 mln kishiga yetishi kutilmoqda.

    Tug‘ilish qisqarib, o‘limlar ko‘paydi

    2024-yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar. Mamlakatda 2018-yildan beri birinchi marta tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan. O‘tgan yilda tug‘ilganlar soni nafaqat 2023-yil, balki 2022-yil ko‘rsatkichidan ham past bo‘lgan.

    Tug‘ilishning kamayishi respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan. Garchi shiddat bilan qisqarayotganiga qaramay, eng yuqori tug‘ilish darajasi Surxondaryoda, eng kam tug‘ilish Qoraqalpog‘istonda. Shaharlarda tug‘ilish qishloqlardan ko‘ra tezroq qisqarmoqda. Xususan, 2023-yilda shaharlarda 480,2 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 454,5 mingtagacha keskin qisqargan. Qishloqlarda esa 2023-yilda 481,8 ming, o‘tgan yili 471,9 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Agentlik tahliliga ko‘ra, 2024-yil yanvar–dekabr oylarida mamlakatda vafot etganlar soni 174,4 ming kishini tashkil etgan. Shundan erkaklar 96 ming, ayollar 78,4 ming nafar. Qazo qilganlardan 98,2 ming nafari shaharlarda, qolgan 76,2 ming nafari qishloqlarda yashagan.

    Umuman olganda, oxirgi uch yilda o‘limlar soni oshib bormoqda. Jumladan, 2022-yilda respublikada 172,1 ming kishi, 2023-yilda 172,8 kishi olamdan o‘tgan.

    O‘tgan yili qayd etilgan o‘limlarning 57,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan. Qolgan qismiga quyidagi omillar taʼsir qilgan:

    • 9,4 foizi — o‘simtalardan;
    • 6,3 foizi — nafas olish aʼzolari kasalliklaridan;
    • 5,8 foizi — baxtsiz hodisa zaharlanish va jarohatlanishlardan;
    • 4,1 foizi — ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan;
    • 1,1 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan;
    • 15,7 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etganlar.

    O‘limlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (18 854 ta), Farg‘ona (17 880), Andijon (17 815 ta), Toshkent (16 393 ta) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (16 720 ta) qayd etilgan.

    Aholi soni o‘sishi bilan o‘limlar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, 2010-yilda mamlakatda 138,4 ming kishi vafot etgan. Pandemiya davrida o‘limlar soni keskin ortgan. Yaʼni 2019-yilda 154,6 ming kishi vafot etgan bo‘lsa, 2020-yil davomida 175,6 ming odam hayotdan ko‘z yumgan. O‘shandan beri yillik o‘limlar soni 170 mingtadan kamaymasdan kelmoqda.

    Nikohlar va ajrashishlar

    2024-yilda O‘zbekistonda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu kamida 15 yillik minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Hatto 2010-yilda ham 292,3 ming nikoh ro‘yxatga olingan. Yaʼni nikohlar aholi soniga mutanosib ravishda o‘smagan.

    O‘tgan yil mobaynida nikoh tuzganlarning 136,7 ming nafari (50,3 foiz) shaharlarda, 135,1 ming nafari (49,7 foiz) qishloq joylarida yashovchilar bo‘lgan.

    O‘tgan yili nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi oshishda davom etgan. Yaʼni erkaklarda 27,1 yosh, ayollarda 22,3 yoshga yetgan (2023-yilga nisbatan 0,1 yoshga yuqorilagan).

    Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (31,4 mingta), Qashqadaryo (29,2 mingta), Farg‘ona (29,2 ming ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    2024-yilda mamlakatda 45,1 ming oila nikohdan ajralgan (2023-yilda 49,2 ta). Ulardan 28 mingtasi (62 foiz) shahar, 17,1 mingtasi (38 foiz) qishloq aholisi bo‘lgan. Tahlil qilinishicha, qishloqlarda ajrashishlar ulushi shaharlardagiga qaraganda ko‘proq pasaygan.

    Yil davomida 21,7 ming oila farzandsiz, 10,5 mingtasi 2 va undan ortiq bola bilan nikohdan ajralgan. Ajrashuvchi erkaklar o‘rtacha 35,4 yoshda, ayollar 32,1 yoshda bo‘lgan.

    Nikohdan ajralishlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (5,9 mingta), Farg‘ona (4,8 mingta), Andijon (4,8 mingta), Samarqand (4,6 mingta) va Toshkent (4,6 mingta) viloyatlarida qayd etilgan.

    Umuman olganda, 2010-yilda O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni 17,8 mingtani tashkil etgan. Ajrashishlar ulushi tuzilayotgan nikohlardan farqli ravishda o‘sishda davom etgan.

    31 yanvar, 14:15   Izoh (0)   22591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 115 mlrd dollarga yetdi

    23 yanvar, 18:43

    “Fuqarolar organ xodimlarini tasvirga olishi va tarqatishi mumkin” — Senat bahslarga sabab bo‘lgan qonunni maʼqulladi 

    24 yanvar, 16:04

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshdi

    24 yanvar, 18:12

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p ish haqi olmoqda?

    29 yanvar, 19:24

    Doimiy yashash uchun chet elga ko‘chib ketganlar: O‘zbeklar qaysi davlatlarni tanlamoqda?

    30 yanvar, 19:25

    Toshkent viloyati sudida prokuror fuqaro kiyimida bo‘lgani uchun syomkaga qarshiligini bildirdi, sudlov hayʼati shu sabab jurnalist faoliyatini chekladi

    31 yanvar, 13:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

    Sport | 18 may, 11:55

    Rossiya maktablarida o‘qish uchun imtihondan o‘tolmagan migrant bolalarni vataniga qaytarib yuborish taklif qilindi

    Dunyo | 18 may, 11:28

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13

    Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 09:58

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02

    O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi

    O‘zbekiston | 18 may, 08:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.