• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pokiston urush istamaydi, lekin suverenitetini himoya qiladi” — Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi

    “Pokiston urush emas, tinchlik istaydi”, dedi Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruq “Daryo” nashriga bergan eksklyuziv intervyusida. U Islomobodning mintaqaviy ziddiyatlar borasidagi pozitsiyasi, terrorizmga qarshi kurashi va O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga oid rejalari haqida bayon qildi.

    Elchi suhbatni Janubiy Osiyodagi ziddiyatli vaziyatga baho berishdan boshladi. U Pokistonning bu  boradagi pozitsiyasi tinchliksevar va mas’uliyatli ekanini qat’iy ta’kidlab, bu ayniqsa ommaviy qirg‘in quroliga ega bir necha davlatlar joylashgan mintaqa uchun alohida ahamiyatga egaligini urg‘uladi.

    “Biz mas’uliyatli va tinchliksevar davlatmiz. Yadroviy qurollangan mintaqa — Janubiy Osiyoda tinchlikni saqlash ustuvor ahamiyatga ega”, dedi elchi Faruq.

    Pokiston ayblovlarni rad etadi

    Elchi Hindistonning Pahalgam shahrida sodir bo‘lgan fojiada tinch aholi vakillari halok bo‘lganini keskin qoraladi. U Pokiston har doim terrorizmni qoralab kelganini ta’kidlab, Hindiston tomoni tergov o‘tkazilmasdan turib bunda Islomobodni ayblaganidan norozilik bildirdi.

    “Bu fojiaga qaramay, biz o‘zimizni tiyib turdik, hatto ayblovlarni xalqaro, mustaqil tergov orqali o‘rganishni taklif qildik. Hindiston bildirgan da’volarni tasdiqlovchi biror qat’iy dalil yo‘q”, dedi u.

    Elchi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun tinchlik va farovonlik muhim ekanini aytdi. U, shuningdek, Pokiston urush istamasligini va hech qachon qurolli mojaro tarafdori bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi. Biroq suverenitet tahdid ostida bo‘lsa, uning mamlakati bunga to‘liq harbiy quvvat bilan javob berishga majbur bo‘lishini alohida ta’kidladi.

    Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruq
    Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruq
    Foto: “Daryo”

    Elchi 7-may kuni Hindiston tomonidan berilgan zarbalarga aniqlik va mas’uliyat bilan javob qaytarilgani, bunda tinch aholidan qurbonlar bo‘lmasligiga e’tibor qaratilganini ta’kidladi. 

    “Biz ibodatxonalarni — cherkov, masjid, butxona va gurdvaralarni nishonga olmaymiz. Harbiy nishonlarimiz aniq belgilangan va tanlangan. Bu bizning professionallik va insonparvarlik mezonlarimizdan dalolat beradi”, dedi u.

    Elchining aytishicha, Pahalgamdagi fojiadan so‘ng Pokistonga qilingan hujumlar aynan tinch aholi yashaydigan hududlarga yo‘naltirilgan. Biroq Pokiston bunga javoban faqat harbiy infratuzilmaga zarba berib, tinch aholi orasida talafot bo‘lishining oldini olgan.

    Pokiston bosh vaziri hujumlar paytida yetti yashar bola vafot etgani haqida gapirib, chuqur qayg‘u bildirdi. U xalqaro hamjamiyatni bunday fojialarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

    “Yettidan sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar — bu jangchilar emas. Ularning hayoti xuddi boshqalarniki kabi qadrlidir. Bunday fojialar ro‘y berayotganida, biz eskalatsiya oqibatlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, dedi elchi.

    Elchining ta’kidlashicha, Pokiston shiddatli javob qaytargan bo‘lsa-da, u o‘zini himoya qilish tamoyili va professional harbiy me’yorlarga amal qilgan.

    Pokistoning Xitoydan sotib olingan Sh-15 o’ziyuyar gaubitsasi
    Pokistoning Xitoydan sotib olingan Sh-15 o‘ziyuyar gaubitsasi
    Foto: DSA

    Bir necha kun davom etgan qurolli mojarodan so‘ng xalqaro hamjamiyat vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etildi. Biroq elchining fikricha, bu faqat vaqtinchalik tinchlikdir — asosiy masalalar hal etilmaguncha, barqaror osoyishtalik bo‘lmaydi.

    Ahmad Faruq barqaror tinchlikka to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy masalani sanadi:

    1. Jammu va Kashmir muammosi:

    • Pokiston bu masalani asosiy nizoli nuqta deb biladi. Prezident Donald Tramp ham ilgari Kashmir bo‘yicha to‘xtalib,  “bu hal etilishi kerak” degan edi.

    2. Suv xavfsizligi:

    • Hind daryosi bo‘yicha Hindiston va Pokiston o‘rtasida tuzilgan suv bitimi (Indus Waters Treaty) qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Bu muammo strategik resurslar ustidan nizoga aylanishi mumkin.

    3. Terrorizm:

    • Pokiston o‘zini terrorizm qurboni deb hisoblaydi, tashkilotchisi emas. Terrorizm sabab so‘nggi 10 yilda mamlakatda 100 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan, 150 milliard dollardan ziyod iqtisodiy zarar ko‘rilgan.

    Elchining aytishicha, Pokistonda davlat tomonidan moliyalashtirilgan terrorizmga oid ishonchli dalillar mavjud va bu masalalar Hindiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rib chiqilishi kerak.

    Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif
    Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif
    Foto: “Daryo”

    Elchiga ko‘ra, Pokiston ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kompleks aksilterror strategiyalarini ishlab chiqdi, jumladan:

    • Harbiy operatsiyalar,
    • Maxsus xizmatlararo razvedka hamkorligi,
    • Qurolli kuchlarning jangovar shayligi,
    • Ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy kurash.

    Ma’lum qilinishicha, ushbu sohadagi yutuqlar xalqaro maydonda tan olingan. Ayrim davlatlar Pokistondan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha trening va hamkorlik so‘ragan.

    “Terrorizm xavfi bor, lekin biz unga qarshi kurashishga qat’iyan bel bog‘laganmiz. Fuqarolarimiz xavfsizligi — davlatning ustuvor vazifasidir”, deydi elchi. 

    U Pokiston tinchlik tarafdori bo‘lib qolishini qayta ta’kidladi. Ammo doimiy tinchlik uchun avvalambor chuqur ildizga ega muammolarni hal qilish zarurligini bildirdi.

    “Agar siz barqaror tinchlikni istasangiz, bu masalalarni hal qilish kerak. Aks holda, har doim shunga o‘xshash mojaro xavfi saqlanib qoladi”, dedi u. 

    Pakistan's Counter-Terrorism Efforts and the Role of Military Courts -  Modern Diplomacy

    O‘zbekiston—Pokiston savdo aylanmasi: 400 milliondan 2 milliard dollarga 

    Suhbat davomida elchi ikki tomonlama munosabatlarga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2025-yilgacha 2 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yil fevralida bosh vazir Shahboz Sharifning Toshkentga tashrifi chog‘ida belgilangandi.

    2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 400 million dollarlik chiziqni kesib o‘tgan. Elchining aytishicha, hozirda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun keng ko‘lamli strategik ishlar olib borilmoqda.

    Bu yo‘nalishda quyidagilar ko‘zda tutilgan:

    • ishbilarmon doiralar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish,
    • hamkorlik sohalarini to‘qimachilikdan tashqari farmatsevtika, konchilik va elektron savdoga kengaytirish,
    • sanitariya va fitosanitariya standartlarini muvofiqlashtirish,
    • moliyaviy tranzaksiyalarni soddalashtirish (jumladan, markaziy banklar orqali).

    Elchining aytishicha, hozirda O‘zbekistonda Pokiston bilan hamkorlikda qurilgan 150–200 million dollar qiymatidagi 128 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

    “Bu mavjud salohiyatning kichik bir qismi xolos. Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi ishbilarmon doiralarni birlashtirishda faol rol o‘ynamoqda. Biz Pokiston kompaniyalaridan O‘zbekistonda ular bilan biznes qilish istagida bo‘lganlar bor yoki yo‘qligi, agar bo‘lsa, potensial hamkorlar bilan bog‘lash uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida so‘rovlar olamiz. Xuddi shunday, Pokistonga mahsulot jo‘natmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ishbilarmonlar ham ishonchli hamkorlar bo‘yicha tavsiyalar so‘raganini eshitamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
    Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruq
    Foto: “Daryo”

    Qo‘shma logistik kompaniya: kelishuv yo‘lida

    O‘zbekiston–Pokiston o’zaro kelishgan eng muhim tashabbuslardan biri qo‘shma transport-logistika kompaniyasi tashkil etishdir. Hozirda tomon muzokara olib bormoqda. Elchi bu yirik loyiha ekanini, shuning uchun puxta yondashuv zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Toshkent ham, Islomobod ham masalaga jiddiy yondashayotganini qo‘shimcha qildi.

    Elchi, bundan tashqari, savdo uylari tashkil etish tashabbusi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, dengiz portlarga yaqinlik muhim bo‘lsa-da, muvaffaqiyat samarali siyosat va operativ yechimlar bilan belgilanadi.

    Ko‘p yo‘nalishli strategiya

    Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlar mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirishga yordam beradi. Bu ikki davlat tadbirkorlariga o‘zaro savdoni oson va samarali olib borish imkonini yaratishga qaratilgan.

    Strategiyaning asosiy maqsadi transport tizimlarini soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va rasmiy jarayonlarni yengillashtirish orqali O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari uchun chegaralar orqali tovar jo‘natishni osonlashtirishdir.

    Savdo uylari orqali moliyaviy markazlarni bog‘lash

    Ushbu strategiyaning markaziy nuqtalaridan biri — Karachi, Laxor va Toshkent kabi yirik moliyaviy markazlarda savdo uylari tashkil etishdir. Qayd etilishicha, bu tashabbus:

    • moliyaviy markazlar va biznes hamjamiyatlarni bog‘laydi,
    • tadbirkorlarga kerakli ma’lumotlarni tezkor olishga yordam beradi,
    • ikki tomonlama savdoni kuchaytiradi.
    “Agar siz biznes uchun sharoitni osonlashtirsangiz, bu ularning foydasiga ishlaydi”, dedi elchi Faruq.

    Uning ta’kidlashicha, hukumatlar savdo muhitini doimiy ravishda yaxshilab borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bunga boj to‘siqlaridan tashqari (non-tariff barriers) muammolarni hal etish, chegaradagi tartiblarni soddalashtirish, va tartibga soluvchi me’yorlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish kabilar kiradi.

    Elchi, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimini kengaytirish ustida ishlayotganini, asosiy maqsad xususiy sektor uchun chegaralar osha savdoni yanada oson va daromadli qilish ekanini  ta’kidladi.

    “Davlatning vazifasi — bu jarayonni yengillashtirish va biznes uchun qulay muhit yaratishdir”, dedi elchi.

    Ta’lim va madaniy aloqalarni kuchaytirish

    Bugungi kunda mingdan ortiq pokistonlik talaba O‘zbekistonda, asosan, tibbiyot yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Elchi Faruqning aytishicha, ikki davlat ta’lim va kasbiy imkoniyatlarni kengaytirish, yoshlar va akademiklar almashinuvini faollashtirish, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar ustida ishlamoqda.

    U, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi chuqur tarixiy va madaniy rishtalarni eslatdi va bu sohalarda hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

    “Talabalar almashinuvi, yoshlar dasturlari, tahlil markazlari va universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik orqali munosabatlar chuqurlashadi”, dedi u.

    Elchi har ikki mamlakatning boy madaniy merosi haqida so‘z yuritar ekan, turizm va madaniy almashinuvni rag‘batlantirish zarurligini aytdi.

     “Biz o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish, yangi aloqalar o‘rnatish uchun imkoniyatlar yaratmoqchimiz — bu talabalar va mutaxassislar o‘sishi uchun zarur”, dedi u.

    Kelajak rejalari

    Elchi Faruq 2025-yil fevral oyida Toshkentda o‘tkazilgan Pokiston–O‘zbekiston biznes forumi haqida to‘xtaldi. Ushbu tadbirda ikki davlatning yetakchi ishbilarmonlari ishtirok etgan va u yangicha aloqalar o‘rnatish hamda yangi imkoniyatlar muhokamasiga zamin yaratgan.

    Forumda O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri ishtirok etgani hukumatlar ushbu masalaga jiddiy qarab, mas’uliyat bilan yondashayotganidan dalolat berdi.

    “Agar eng yuqori darajadagi rahbarlar tadbirga tashrif buyursa, bu biznes hamjamiyatiga aniq signal: davlat ularning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti. Bu ishonch uyg‘otadi”, dedi elchi.

    Ahmad Faruq kelgusida ham yana bir necha yirik ishbilarmonlik tadbirlari rejalashtirilayotganini, biroq barcha tafsilotlarni ochiqlay olmasligini ma’lum qildi.

    14 may, 13:51   Izoh (0)   1196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Pokiston#Hindiston#Elchixona#Jammu va Kashmir

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Hindiston sobiq bosh vaziri Lal Bahodir Shastrining tavallud kuni nishonlandi

    03.10.2016, 10:48

    Buxoroda Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali boshlandi (foto)

    25.05.2019, 14:20

    Xitoy O‘zbekistondan 1 million dollarlik sarxil gilos sotib olmoqchi

    05.07.2019, 06:12

    Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan qarz miqdori ma’lum qilindi

    14.04.2021, 21:47

    “Tolibon” harakati Durand chizig‘i bo‘ylab yo‘l yotqizdi

    04.01.2023, 17:10

    Saudiya Arabistoni Sudandagi fuqarolarini evakuatsiya qildi

    24.04.2023, 22:17

    TIV AQSHdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

    13 mart, 16:48

    “AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat beraman” — elchi

    3 aprel, 14:13

    Pokiston havo zarbalari orqali Hindistonning muhim obyektlarini yo‘q qildi

    10 may, 08:50

    Pokiston mudofaa vaziri: “Hindiston bilan keng ko‘lamli urush boshlashdan boshqa ilojimiz yo‘q”

    10 may, 11:00

    G7 davlatlari Hindiston va Pokistonni bir-biri bilan muloqot boshlashga chaqirmoqda

    10 may, 12:10

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    11 may, 14:28

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    11 may, 18:04

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi 

    12 may, 10:59

    Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tahdidi sabab minalarni taqiqlovchi shartnomadan chiqadi 

    12 may, 14:10

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    12 may, 19:40

    Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

    12 may, 19:50

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    12 may, 23:30

    Hindiston bosh vaziri Pokiston bilan to‘qnashuvlardan so‘ng ilk bor xalqqa murojaat qildi

    13 may, 09:40

    Xitoy beshinchi avlod J-20 qiruvchisidan mingta ishlab chiqarish niyatida. Ekspertlar kuzatuvlari bilan bo‘lishdi 

    13 may, 14:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.