Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralarda Putinni shaxsan kutishini aytdi.

Putin bo‘lajak muzokaralarda yangi va haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli borligini bildirgandi. Agar Rossiya 12-maydan o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqlasa, Kiyev muzokaralarga tayyor.
Biz ertaga to‘liq va uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni kutmoqdamiz, bu diplomatiyaga zarur asos bo‘ladi. Qotillikni cho‘zishdan ma’no yo‘q. Vladimir Putinni payshanba kuni (15-may) Turkiyada kutaman. Shaxsan. Umid qilamanki, rossiyaliklar bu safar bahona izlamaydi, deb yozdi Ukraina prezidenti.
Mazkur bayonotdan oldin AQSH prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga rozi bo‘lishga chaqirgandi.
Ular hech bo‘lmaganda kelishuv imkoniyatini aniqlay oladi. Agar bu imkonsiz bo‘lsa, Yevropa rahbarlari va AQSH vaziyatdan xabardor bo‘lib, tegishli choralar ko‘radi!...Men Ukrainaning Putin bilan kelishuvga borishiga shubha qila boshladim. Putin esa Amerika Qo‘shma Shtatlari yordamisiz hech qachon g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani nishonlash bilan ovora. UCHRASHING, HOZIROQ!, deb yozgan Tramp.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 11-may kuni Rossiya prezidenti bilan muloqotda muzokaralarni tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlagandi.
Izoh (0)