• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Istasangiz, barchasini ozod qiling, tovon puli berilsa bas”. “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Sardor Kariyevning onasini qo‘llab-quvvatlamoqda

    “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Sardor Kariyevga tayinlangan jazo yengillashtirilsa, uning onasi jabrlanuvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pulini o‘zi to‘lab berishini aytgandi. Munira Kariyevaning ushbu chiqishini ko‘rgan jabrlanuvchilar sudning navbatdagi majlisida ko‘rinish berib, tovon puli to‘lansa, Kariyevga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytdi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Kariyevning onasi mard bo‘lib, shu pulni to‘lab beraman, dedi. Mayli, Kariyevning ham bolalari bordir. Tovon pulini to‘lab berishsa, Kariyevga nisbatan da’voyimiz yo‘q. Sudni shu yerda to‘xtating, bo‘lar ish bo‘libdi, onasi maydonga chiqdi-ku, to‘lab beraman, deb. Mana, 500 million so‘m o‘tkazibdi ham, shuni jabrlanuvchilarga bo‘lib beringlar, lekin davlatda qolib ketmasin, — dedi sudda chiqish qilgan jabrlanuvchilardan biri. 

    Jabrlanuvchining bu gapiga javob qilgan sudya bu pullar sudning depozit hisob raqamiga o‘tkazilganini, davlatning bunga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. 

    Kariyevning onasi yordam beraman deb turgan ekan. Biz shunga rozimiz. Tezroq pul berishsa, bolamizni davolatsak, ular ham boshqa bolalardek o‘ynab-kulib yurishlarini istaymiz. Mayli, Kariyevning aybi bordir yoki yo‘qdir — bilmayman, Alloh biladi. Uning jazosini yengillashtiring, mayli, olib tashlasangiz olib tashlang, ozodlikka chiqsin. Bolalari bordir. Onasi yordam beraman deb turibdi ekan, biz shunga rozimiz, — dedi navbatdagi jabrlanuvchi. 

    Yana bir jabrlanuvchi sudlanuvchilar qamoqda o‘tirgan bo‘lsa ham, ularni ko‘rishni istagan onasi sudga kelsa, uni ko‘ra olishini, ammo shu sirop sabab vafot etganlarning ota-onasi dunyolarni bersa-da, bolalarini ko‘rolmasligini aytdi. 

    Farzandim hozirgi kunda na ko‘radi va na eshitadi. Uni davolatish uchun menga katta mablag‘ kerak. Unisidan, bunisidan qarz olib, shu kungacha qildim. Muammoni tezroq biz tomonga hal qilib, pulni olib bersalaringiz, men ham, boshqalar ham farzandimizni davolatar edik, — dedi u. 

    Jabrlanuvchilarning boshqasi advokatlarning gapidan ranjishganini, ular farzandining o‘limi uchun yoki betob bo‘lib qolgani uchun sudlanuvchilardan pul undirish fikridan yiroqligini, faqat farzandining davolanishi uchun shu pullarni o‘z vaqtida olishlari kerakligini ta’kidladi. 

    Bu yerda bir milliard so‘mga qarab o‘tirganlar yo‘q. Menga bolamni sog‘aytirib berishsin, oldingi holatiga qaytarishsin, bir so‘m puli kerak emas. Bolamning avvalgi holatini qaytarib berishsa, 100 million emas, 300 million so‘m beraman. Faqat bolam sog‘aysa bo‘ldi. Farzandim hozir umuman og‘riqni his qilmaydi. Ukol qilinsa ham, kulib turadi. Sababi unda his qilish yo‘q. Uning ahvoli juda og‘ir. Tezroq davolatishim kerak, — dedi jabrlanuvchi ota. 

    Jabrlanuvchi onalardan biri Mushtariy Abdurahmonova ko‘pchilik sud qaroriga ko‘ra, ularga 1 milliard so‘mdan to‘lab berilgan, degan gaplar yurganini, ammo ular shu kungacha umuman pul olishmaganini aytdi. 

    Mayli, hech kimga qarshiligimiz yo‘q. Garov pulini to‘lab, chiqishsin. Kelishilgan holatda. Rozimiz, — dedi u.

    Yana bir jabrlanuvchi esa vafot etgan nabirasining davolanishi uchun 1 milliard so‘m sarflaganini, Kariyevning onasi shu pulni to‘lab bersa ham, qilingan xarajatni to‘lab bergan bo‘lishini aytdi. 

    Shu pulni bersa ham, o‘zimizning bolamizni davolatish uchun ketgan xarajatni berishgan bo‘ladi. Kariyevning onasiga qo‘shilganimizning sababi — hech bo‘lmasa, zararimizni qoplash niyatimiz borligidir. Haligacha qarzim bor. Uzolmayman buncha qarzni. Kariyevning onasi mard bo‘lib, shu gapni aytdi. Bu gapni bizga hech kim aytmagan. Bizga zararni undirib bersangiz, nafaqat Kariyev, boshqalarni ham qo‘yib yuborishingizga qarshimasman. Bizga ularning qamalishidan foyda yo‘q, — dedi jabrlanuvchi.

    Jabrlanuvchilarni tinglagan sudya Kariyevning advokatlariga murojaat qilar ekan, tovon puli to‘lanishi borasida hech kimga hech qanday topshiriq berishga vakolatli emasligini, faqat jabrlanuvchilar tovon puli to‘lansagina, Kariyevga da’vosi yo‘qligini aytayotganini, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi ko‘p narsani hal qilishini ta’kidladi.

    Farmagentlik sobiq rahbarining onasi Munira Kariyeva sudning 14-iyun kuni davom etgan majlisida qatnashib, tovon pullarini aytilgan muddatda to‘lashga tayyorligini, faqat o‘g‘liga nisbatan qo‘llangan jazo uy qamog‘iga o‘zgarishidan umidvorligini aytgandi.

    21.06.2024, 19:44   Izoh (0)   14958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan apellyatsiya instansiyasi sudni prokurorsiz davom ettirdi. Bu jamoatchilikka ochiqlangach, prokuror sud zaliga qaytdi 

    21.05.2024, 16:25

    DXX qidiruvga bergan, sud qamoqqa olish haqida ajrim chiqargan: “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisi qayerda?

    07.06.2024, 20:20

    “Hindiston dorilari importiga chek qo‘yish kerak”. Advokatlar qidiruvdagi “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisini qo‘lga olish haqida 

    07.06.2024, 21:35

    O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sezilarli qisqardi

    21.06.2024, 19:25

    Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

    21.06.2024, 18:40

    O‘zbekiston orzu qilayotgan temiryo‘lning istiqboli qanday?

    21.06.2024, 18:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.