Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaroriga muvofiq, Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Javlonbek Umarxo‘jayev 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilayotgan edi.
U mehnat faoliyatini 2008-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009—2018-yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
2018—2021-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021—2023-yillarda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh (0)