Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti Tasviriy va amaliy san’at bo‘limi mudiri, taniqli olim, davlat va jamoat arbobi, arxeolog Zafar Abdullayevich Hakimov 83 yoshida vafot etdi.

Qayd etilishicha, u mamlakatning madaniy va tabiiy merosini asrash hamda targ‘ib qilish yo‘lida bebaho hissa qo‘shgan fidoyilardan edi. Zafar Hakimov turli yillarda mas’ul va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Badiiy fondiga rahbarlik qilgan, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Prezident devoni tuzilmalarida ishlagan, Madaniyat vaziri, “O‘zteleradiokompaniya” raisi, shuningdek, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyotining yetakchi ilmiy muharriri bo‘lgan.
U tarix, arxeologiya va arxitektura yo‘nalishlarida 50 dan ortiq ilmiy asarlar — maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. 1970–1979-yillarda sovet-afg‘on arxeologik ekspedisiyasi tarkibida Afg‘oniston shimolida o‘nlab qadimiy voha va manzillarni aniqlagan.
2024-yilning 27-dekabr kuni Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)