• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” harakati yo‘lovchilarning Toshkent jamoat transporti borasidagi fikrlarini o‘rgandi

    “Yuksalish” harakati poytaxt jamoat transporti holati yuzasidan fuqarolar o‘rtasida onlayn so‘rov o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘rovnoma sohaga mas’ul tuzilmalar tomonidan qo‘shimcha e’tibor talab qilinadigan jihatlarni aniqlashga qaratilgan.

    So‘rovda 276 nafar respondent ishtirok etdi, shundan:

    • 19,6 foizi — 18 yoshdan kichik;
    • 63,3 foizi — 19 dan 45 yoshgacha;
    • 5,5 foizi — qariyalar.

    “Hozirda jamoat transportidagi asosiy muammo nima?” degan savolga quyidagicha javob olindi:

    • Tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilar oqimi ko‘pligi (49,1 foiz);
    • Avtobuslarda sovituvchi/isituvchi konditsionerlar to‘liq ishlamasligi (15,6 foiz);
    • Metroda havo ventilyatsiyasi yaxshi ishlamasligi (12,4 foiz);
    • Transportlarning barchasida ham nogironligi borlar uchun maxsus sharoitlar yaratilmaganligi (8 foiz).

    Shuningdek, yo‘lovchilar ba’zi yo‘nalishlarda haligacha eskirgan avtobuslar harakatlanayotganini, ular yo‘llarda tez-tez ishdan chiqayotganini yoki yong‘inlar kelib chiqayotganini muammo sifatida qayd etgan. Ayrim avtobuslarning harakatlanish jadvaliga muvofiq yurmasligi ham shular qatorida.

    Yo‘lovchilarning ba’zilari avtobuslarda konduktorlarga ehtiyoj yo‘q degan bo‘lsa, boshqalari ehtiyoj borligini aytgan. Konduktor bo‘lmasa, haydovchi yo‘lovchilarni old eshikdan tushiradi, bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha noqulayliklar keltirib chiqaradi.

    Respondentlarning fikricha, yo‘nalishli taksilar yoki mikroavtobuslarda “qo‘shimcha o‘rindiqlar”dan (taburet yoki yog‘och o‘rindiqlar) foydalanish holati kuzatiladi. Yo‘lovchilar xavfsizligi uchun buni qat’iy nazoratga olish va tartibga solish darkor.

    Yo‘lovchilar qanday takliflar berdi?

    So‘rov davomida respondentlar quyidagi taklif va tavsiyalarni berdi:

    • tig‘iz vaqtlarda avtobus va vagonlar sonini ko‘paytirish, oraliq vaqtlarni qisqartirish (65,2 foiz);
    • tirbandlikning oldini olish uchun sig‘imi va hajmi katta avtobuslar sonini ko‘paytirish (50 foiz);
    • metroda ventilyatsiya va avtobuslarda sovitish/isitish tizimini yaxshilash (49,1 foiz);
    • eski rusumdagi avtobuslarni harakatlanishdan chiqarish va transport tizimini modernizatsiya qilish (41,7 foiz);
    • jamoat transporti uchun faqat professional haydovchilarni yollash (34,1 foiz).

    So‘rov ishtirokchilari, shuningdek, jamoat transporti haydovchilarining faoliyati bo‘yicha takliflar qoldirgan. Masalan, yo‘lovchilarni tashish vaqtida uyali telefondan foydalangan haydovchilarni jazolash, ularning malakasini muntazam oshirib borish, yo‘lovchilarning fikr-mulohazalari asosida ball tizimini joriy etish, natijasiga qarab mukofotlash yoki jarimaga tortish tizimini yo‘lga qo‘yish, avtobus haydovchilarining “poyga”lar uyushtirishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni qat’iy nazorat qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hokazo.

    So‘rovda qatnashganlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish – yo‘lovchilarni audio va vizual formatda xabardor qiluvchi axborot tizimlarini joriy etishni ham ta’kidlagan.

    Muammolarni doimiy aniqlab borish uchun fuqarolar murojaatlarini qabul qiluvchi platformalarni ishga tushirish, uni faollashtirish tavsiya etilgan. Respondentlar orasida metroda ayollar va bolalar hamda qariyalar uchun alohida vagonlarni joriy etishni so‘raganlar ham bo‘ldi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. “Menimcha” ko‘rsatuvida transport vazirining taqdimoti prezidentga ma’qul bo‘lmagani haqida so‘z borgan. Aynan ushbu ko‘rsatuvda telejurnalist Xayrulla Nuriddinov Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.

    Shuningdek, prezident 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida fuqarolar murojaati sabab tramvayni Toshkentga qaytarishni aytib o‘tdi. “Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, — degan edi prezident.

    27.06.2024, 09:12   Izoh (0)   3626
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yuksalish” harakati ilk bor Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qildi

    20.12.2023, 09:52

    “Yuksalish” harakati raisi rus yozuvchisining O‘zbekistonni bosib olish tahdidiga javob qaytardi 

    21.12.2023, 17:20

    “Yuksalish” raisi energiya tarmog‘iga ajratilgan mablag‘larni ochiqlashga chaqirdi

    18.04.2024, 13:17

    Toshkentda Spark yo‘lda ketayotgan skuterni urib yubordi

    26.06.2024, 23:30

    Qashqadaryoda o‘zganing bank mobil ilovasiga ulanib, pullarni yechib olgan shaxs qo‘lga olindi

    26.06.2024, 22:45

    O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

    26.06.2024, 22:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.