O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Baxtiyor Saidov Ummon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Ummon boy tarixiy va madaniy meros bilan bog‘langan, farovon taraqqiyot yo‘lida mushtarak qarashlarga ega. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorligimizni yanada boyitish yo‘lida ustuvor yo‘nalishlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, “yashil” energetika, o‘zaro bog‘liqlik, kadrlar salohiyatini oshirish, xalq diplomatiyasini ilgari surish masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibini muhokama qildik, deb yozadi vazir.
Qo‘shimcha qilinishicha, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma ham imzolangan.
Izoh (0)