Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 53,03 so‘mga tushib, 12 886,90 so‘m bo‘ldi;
- yevro 100,30 so‘mga tushib, 14 625,34 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,16 so‘mga pastlab, 160,87 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan ikki marotaba ko‘tarilib, 12 939,93 so‘m bo‘lgandi. Yevro kursi ham oshgandi.
Izoh (0)