Past Darg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-06-26_11-03-30.jpg)
Qayd etilishicha, 2023-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Vahobjon Murotqobilov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sherzod Rahmanov nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherzod Raxmanov 1991-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Avvalroq Sessiyada deputatlar tomonidan Sherbek Buranov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.