• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Paypal, Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda ham ishlashi yo‘lga qo‘yiladi

    Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Foto: payabl.com

    Qarorga ko‘ra, 2024-yil yakuniga qadar Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari – Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabilar bilan muzokara o‘tkazib, ularni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘yadi. 

    Zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

    O‘zbekiston — PayPal’ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanadi. Kompaniya dunyodagi eng yirik onlayn to‘lovlarni amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotidir.

    Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda 90 foizdan oshiq onlayn to‘lovlar aynan PayPal orqali amalga oshiriladi. 

    PayPal’ga muhtoj o‘zbekistonliklar aylanma yo‘llardan foydalanadi — boshqa mamlakatlar, masalan, Qozog‘iston orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Biroq bu noqulaylik tug‘diradi va tizimning cheklangan imkoniyatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    PayPal’ning o‘zi O‘zbekistonda nega ishlamayotgani haqida hech qanday rasmiy izoh bermagan, ammo axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bu mamlakatning yaqin o‘tmishi bilan bog‘liqligini taxmin qilgandi:

    Haqiqatan ham PayPal tizimida O’zbekiston yo‘q. Bunga menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman, — deydi Shermatov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikdagi vazifasi O‘zbekistonni PayPal’ga kiritishdir. 

    Biroq O‘zbekistonda kompaniya faoliyati hanuzgacha yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. 

    Sherzod Shermatov 2022-yil 5-oktyabr kuni, Xalqaro press klubda yana bir bor PayPal bo‘yicha izoh berib o‘tgan edi. 

    Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi va elchixona orqali ham gaplashdik. PayPal’ning o‘z biznesi dunyoda yomon ahvolda ekan. Kompaniya rahbariyatining pozitsiyasi hozir ko‘proq Amerikadagi va barcha PayPal bor bozorlardagi biznesini rivojlantirish bo‘lib, ekspansiya planlari yo‘q ekan. Mana bizga aytilgan ularning rasmiy javobi. Bizdan hech qanaqa rasmiy qo‘shimcha ma’lumot so‘ralgani yo‘q,  degandi AKT vaziri. 

    Avvalroq PayPal’ning O‘zbekistonda ishlamasligi bo‘yicha Markaziy bank vakillari tomonidan ham izoh berilgan edi. 

    Ularning so‘zlariga ko‘ra, cheklovni PayPal O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan.

    Markaziy bank mamlakatda WebMoney va Qiwi kabi tizimlar ishlayotganiga e’tibor qaratgan — ularga O‘zbekistonda chiqarilgan Visa, Mastercard, UnionPay yoki “MIR” kartalarini bog‘lab qo‘yish mumkin.

     

    O‘zbekiston tomonidan hech qanday to‘siqlar yo‘q, Markaziy bank esa o‘zi qo‘ymagan cheklovlarni olib tashlay olmaydi. Qachonki PayPal O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta – so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, PayPal Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi,  deyiladi Markaziy bank xabarida.
    02.10.2024, 17:50   Izoh (0)   7715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Paypal#Apple Pay#Google Pay

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    PayPal asoschisi Piter Til mamontlarni “qayta tiriltirish” loyihasiga 100 ming dollar tikdi

    05.07.2017, 08:54

    UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi

    06.06.2018, 18:16

    Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi PayPal mavjud bo’lmagan yagona davlat bo’lib qoladi

    03.10.2018, 10:25

    Google’dagi avariya sabab butun dunyoda YouTube, PayPal va Gmail ishida uzilishlar ro‘y bermoqda

    03.06.2019, 10:16

    Xiaomi Mi Band 5 Google Pay bilan hamkorlikdagi NFC moduliga ega bo‘lishi mumkin

    11.01.2020, 11:04

    O‘zbekistonda birinchi elektron pullar tizimi ro‘yxatdan o‘tdi. U PayPal bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida

    18.06.2020, 17:05

    O‘zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berilishi mumkin

    25.10.2020, 12:23

    Markaziy bank PayPal’ning O‘zbekistonda nima sababdan ishlamasligini tushuntirdi

    28.10.2020, 22:33

    PayPal Ukrainada to‘liq ishlashni boshladi. Nima uchun kompaniya O‘zbekistonda ishlamayapti va bu qachon o‘zgarishi mumkin?

    18.03.2022, 20:22

    Sherzod Shermatov Apple kompaniyasiga O‘zbekistonda Apple Pay’ni ishga tushirishni taklif qildi

    24.06.2022, 17:11

    PayPal 2 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi. Nega kompaniya haligacha O‘zbekistonda yo‘q?

    01.02.2023, 23:09
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.