Toshkentning ikki ko‘chasi rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Toshkent shahri ko‘chalari va chorrahalarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarining boshlanishi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur ishlar doirasida quyidagi ko‘chalar 20-may kuni soat 22:00 dan 21-may 06:00 ga qadar hamda 21-may kuni soat 22:00 dan 22-may 06:00 ga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi:
- Qorasaroy ko‘chasi Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga ushbu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)