• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

    Mamlakatda joriy yil boshidan beri 602 mingdan ortiq oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari berish to‘xtatilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi shug‘ullana boshladi. Agentlik kam taʼminlangan oilalar soni va ularga berilayotgan moddiy yordam miqdori bo‘yicha oylik hisobot berib kelmoqda.

    Moddiy yordam oluvchilar kamaymoqda

    Statistik raqamlarga ko‘ra, 2023-yil oktabrda respublikada 2,3 million oilaga davlat tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilgan. Keyingi oylarda ijtimoiy nafaqa olayotganlar soni kamayish bosqichiga o‘tgan. Masalan, dekabrda 2,1 million oila nafaqa olgan.

    Jadval: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar sonining keskin qisqarishi 2024-yil yanvardan boshlangan. Xususan, shu yilning dastlabki oyida 1,94 million, fevralda 1,72 million, mart oyida 1,53 millionta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilgan.

    Jadval: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

    Aprelga kelib, bu raqam yanvardagiga qaraganda sezilarli qisqarganini ko‘rish mumkin. Yaʼni o‘tgan oyda 1,34 millionta oila jami 645,5 milliard so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. O‘tgan 7 oy davomida (oktabr–aprel oylari) 940 mingta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lash to‘xtatilgan. Joriy yil hisobidan esa (yanvar–aprel) nafaqa oluvchi oilalar soni 602,4 mingtaga qisqartirilgan.

    Apreldagi ko‘rsatkichlar

    O‘tgan oyda respublikada 1,34 million kam taʼminlangan oilaga 628,5 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 44,5 ming oilaga salkam 17 milliard so‘m moddiy yordam mablag‘lari to‘lab berilgan. Bunda nafaqa oluvchi oilalar ulushi respublika hududlarida yashovchi jami oilalarning 13,8 foizini tashkil etgan.

    Mamlakatda nafaqa oluvchi kambag‘al oilalar soni eng ko‘p hududlar sifatida Samarqand va Farg‘ona viloyatlari qayd etilgan.

    Jadval: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

    Samarqanddagi jami oilalar soni 1,12 millionta bo‘lib, shundan 167 mingtasi (16,5 foiz) nafaqa va moddiy yordam olgan. Jumladan, 162,8 ming oilaga 80,6 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 4,2 ming oilaga 1,6 milliard so‘m moddiy yordam pullari to‘lab berilgan.

    Aprelda Farg‘ona viloyatidagi jami oilalar soni 1,22 milliontani tashkil etgan. Shundan 166,9 mingtasi (14,8 foiz) nafaqa va moddiy yordam olgan. Jumladan, 162,8 ming oilaga 78,1 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 4,1 ming oilaga salkam 1,6 milliard so‘m moddiy yordam pullari tarqatilgan.

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni eng kam hududlar Toshkent shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari bo‘lgan.

    Masalan, aprel oyida poytaxtda jami 981,3 ming oila mavjud bo‘lib, shundan 26,9 mingtasi 13,2 milliard so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam olgan. Navoiyda 297,9 ming oila bo‘lib, ularning 30,3 mingtasiga 13,7 milliard so‘m, Sirdaryodagi jami 237,3 ming oiladan 39 mingtasiga ijtimoiy yordam pullari berilgan.

    2023-yildagi ko‘rsatkichlar

    Statistik raqamlarga qaraganda, 2023-yilda O‘zbekistondagi 2,2 million oilaga jami 12,3 trillion so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lab berilgan. Oilalarning 2,13 milliontasi bolalar nafaqasi, qolgan 76 mingtasi moddiy yordam olgan. Umumiy hisobda respublikaning barcha hududlarida yashovchi oilalarning 22,7 foiziga bolalar nafaqasi va moddiy yordam mablag‘lari berilgan.

    Jadval: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

    O‘tgan yili ham moddiy yordam mablag‘lari olgan oilalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi bo‘lgan. Viloyatda yil davomida 271,8 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. Moddiy yordam pullarini eng kam olgan oilalar Toshkent shahrida qayd etilgan. O‘tgan yilda poytaxtda 32,2 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan.

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam kimlarga beriladi?

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadi. Mazkur mablag‘larni olish uchun murojaatchining har bir oila aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan — 648 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda arizachining mehnatga layoqatli oila aʼzolari ish bilan band yoki mehnat organlariga murojaat qilgan bo‘lishlari kerak.

    Shu bilan birga, talabgordan bittadan ko‘p ko‘chmas mulki, noturar ko‘chmas mulki, yangi avtomashinasi, bankda katta miqdordagi depozitlari va qimmatli qog‘ozlari bo‘lmasligi inobatga olinadi.

    Qancha to‘lanadi?

    Hozirda bolalar nafaqasi miqdori oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 325 000 so‘m. Eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa, unga 250 000 so‘m to‘lanadi. Ikkinchi farzandga ikki holatda ham 150 000 so‘mdan beriladi. Keyingi farzandlarning har biri uchun 100 000 so‘mdan qo‘shiladi. Moddiy yordam miqdori esa oyiga 380 000 so‘m.

     

    23.05.2024, 15:21   Izoh (0)   127317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash yoki to‘lash tartibi qanday?  

    11.07.2023, 12:39

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

    15.11.2023, 13:41

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda nimalar o‘zgarmoqda? Mutaxassis bilan suhbat

    19.11.2023, 09:10

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda firibgarlik holatlarining oldi olinadi — Pensiya jamg‘armasi

    04.12.2023, 15:21

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam: kimlarga, qancha to‘lanadi?

    17.05.2024, 11:45

    O‘zbekistonda “suyunchi puli” tayinlash tizimi o‘zgardi: yangi tartib qanday ishlaydi?

    22.05.2024, 12:48

    O‘zbekistonda inflyatsiya oshdi. Bozorlarda narxlar qanday o‘zgarmoqda?  

    22.05.2024, 18:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37

    Putin “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi uchun Ukrainaga javob qaytarilishini aytdi

    Dunyo | 5 iyun, 10:31

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:12

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 5 iyun, 10:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.