• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda inflyatsiya oshdi. Bozorlarda narxlar qanday o‘zgarmoqda?

    O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 0,1 foizga, oylik inflyatsiya 0,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Infografika: Statistika agentligi

    Joriy yil aprelda respublikadagi yillik inflyatsiya 8,1 foiz, oylik inflyatsiya 0,9 foiz darajasida shakllandi. Taqqoslash uchun, mart oyida yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 7,98 foizni tashkil etgan. O‘tgan yilning aprelida esa 11 foiz bo‘lgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari martdagi narxidan 0,4 foizga, 2023-yilning aprelidagi qiymatidan 7 foizga qimmatlashgan.

    O‘z o‘rnida nooziq-ovqat mahsulotlari narxi ham martdagiga qaraganda 1 foizga, o‘tgan yilning aprelidagiga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan. Xizmatlar narxi esa o‘tgan oydagidan 1,8 foizga, 2023-yil apreldagi narxlardan 10,8 foizga ko‘tarilgan.

    Oziq-ovqat mahsulotlari narxidagi o‘zgarishlar

    Umumiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, aprelda go‘sht mahsulotlari narxi martdagi qiymatiga qaraganda 0,4 foizga, donli ekinlar va yormalar 0,6 foizga, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari 2 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar narxlari 1,4 foiz o‘sgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘tgan oy davomida sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar narxlari 1,2 foiz, yog‘lar va moylar 0,2 foiz, tuxum, sut hamda sut mahsulotlari narxlari 2,7 foizga arzonlashgan.

    Bir oy ichida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan guruch 0,9 foiz, bug‘doy uni 0,4 foiz, yangi sog‘ilgan sut 1,8 foiz, shakar 3,3 foiz qimmatlashgan. Tuxum esa qariyb 11,3 foizga arzonlashgan. Mevalardan banan narxlari 9,9 foiz, mandarin 7,4 foiz, limon 6,9 foizga o‘sgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Boshqa mahsulotlar va xizmatlar narxlaridagi tebranishlar

    Aprel oyida martdagiga qaraganda spirtli ichimliklar narxlari 1 foizga, tamaki mahsulotlari 0,4 foizga o‘sgan. O‘tgan oyda kiyimlar narxlarida o‘sish kuzatilmagan. Turar joy uchun ijara narxi 0,1 foizga, suv taʼminoti va turar joylarni saqlab turish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar 14,6 foiz, elektr, gaz va yonilg‘ining boshqa turlari 1,4 foizga qimmatlashgan. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish, taʼmirlash va qo‘riqlash narxlari 0,9 foiz arzonlashgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Aprel oyida dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari narxlari martdagidan 9,5 foizga, o‘tgan yilning aprelidagidan 19,1 foizga qimmatlashgan. Ambulatoriyada davolash bo‘yicha xizmatlar hamda dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari narxlari 2,7 foiz, sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlar narxlari 3,3 foiz o‘sgan. 

    Aprelda shahar atrofida qatnaydigan poyezdlar chiptasi narxlari respublika bo‘yicha o‘rtacha 27 foizga oshdi. Xalqaro yo‘nalishda kuzatiladigan aviatashuvlar oy davomida o‘rtacha 2 foizga, ichki yo‘nalishda 1,2 foizga arzonlashdi. Narxlardagi bu pasayish sababi milliy valyuta tebranishlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Statistika agentligiga ko‘ra, 2024-yil aprelda aholi uchun isitish va issiq suv xizmatlariga to‘lov miqdori o‘sdi. Bu respublikada mazkur xizmatlarni ko‘rsatishda aylanmadan olinadigan qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) nol stavkasining bekor qilingani hamda Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida tariflarning oshirilishi bilan bog‘liq.

    Bundan tashqari, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridan boshqa barcha hududlarda sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari 12 foizga oshgan. Narxdagi ushbu o‘sishga ham QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, Navoiy va Surxondaryoda QQS joriy etilishidan tashqari, tarif ham oshirilgani to‘lov qiymatining 52,8 foiz va 65,5 foiz ko‘tarilishi olib kelgan.

    22.05.2024, 18:10   Izoh (0)   15758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir necha sabablari bor” — energetika vaziri elektr energiyasi va gaz narxi nega oshirilganiga izoh berdi

    17.05.2024, 15:15

    “Elektr va gaz narxidagi islohot kelajakda bozorlarni mahsulotlarga to‘ldirish va narxlarni pasaytirishga yordam beradi” — Markaziy bank raisi o‘rinbosari

    18.05.2024, 19:02

    O‘zbekistonda “suyunchi puli” tayinlash tizimi o‘zgardi: yangi tartib qanday ishlaydi?

    22.05.2024, 12:48

    O‘zbekistonning 4 oylik eksporti tarkibida oltin ulushi 40 foizdan ortiq bo‘ldi

    22.05.2024, 15:50

    Andijonda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan fuqaro qidirilmoqda 

    22.05.2024, 17:45

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    22.05.2024, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.