• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Spilbergni depressiyadan qutqargan, hatto gorillani kuldira olgan buyuk aktyor — Robin Uilyams haqida siz bilmagan 4 ta fakt

    Komik janrning eng yorqin aktyorlaridan biri bo‘lgan Robin Uilyams bir kadrda ham kulgili, ham qayg‘uli holatlarni mohirona aks ettira olardi. Aktyor hayot bo‘lganida, bu yil 74 yoshni qarshilardi. U unutilmas obrazlaridan tashqari, butun umri davomida mehribon inson rolini ijro etdi.

    Робин Уильямс

    Robin Uilyams Stiven Spilbergni depressiyadan qutqarib qolgan

    “O‘zga sayyoralik” filmi ijodkori Stiven Spilberg hayotining eng sermahsul davrlaridan birida juda holdan toyadi. Rejissyor bir vaqtning o‘zida “Yura davri parki” va “Shindler ro‘yxati” filmlari ustida ishlashga kirishadi. Bu filmlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib, Spilberg ulardan birini sof insoniy tuyg‘ular bilan, ikkinchisini esa kinokompaniya talabi bilan suratga olmoqchi edi. Rejissyor Holokost haqidagi juda shaxsiy va og‘riqli hikoya hamda tiranozavrning jipni quvishi o‘rtasida ikkilanib qoladi.

    Стивен Спилберг

    O‘shanda Spilberg “Shindler ro‘yxati”ni Holokost shaxsiy tarixiga aylangan boshqa rejissyor — onasi Osvensimda halok bo‘lgan va o‘zi bolaligida Krakov gettosidan mo‘jizaviy tarzda omon qolgan Roman Polanskiga topshirishni o‘ylaydi. Biroq Polanski o‘sha paytda Ikkinchi jahon urushi mavzusiga yaqinlashishga tayyor emasdi. Spilberg ikkita og‘ir loyiha bilan yolg‘iz qoladi va uning ruhiy holati izdan chiqadi.

    Spilberg Robin Uilyams bilan ancha oldin, uni “Kapitan Huk” filmida suratga tushishdan avval tanishgandi. Rejissyor va aktyor tez orada qalin do‘st bo‘lib qolishadi. Uilyams Spilbergning og‘ir ahvolini bilib, qo‘lidan keladigan ishni qiladi: do‘stini kuldiradi.

    “Robin mening tashvishda ekanligimni bilardi va har hafta belgilangan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib, telefon orqali 15 daqiqalik hazil-huzul qilardi. Men qotib-qotib kulardim, his-tuyg‘ularni chiqarib yuborardim. Men baland ovozda kulayotganimda Robin doim go‘shakni qo‘yib qo‘yardi. U hech qachon xayrlashmasdi, shunchaki men qah-qah urib kulganimda go‘shakni qo‘yardi”, deb eslaydi Stiven Spilberg.

    Robin Uilyams Koko laqabli gorillani ham kudirgan

    Робин Уильямс

    Koko laqabli gorilla noyob tur bo‘lgan. Olimlarning ta’kidlashicha, u ingliz imo-ishora tilini o‘zlashtirgan va Santa Krus qo‘riqxonasidagi nazoratchilar bilan muloqot qila olardi. Uni go‘dakligidanoq imo-ishoraga o‘rgatishgan va hayvon chinakam yulduzga, tabiat va inson o‘rtasidagi ko‘prikka aylangandi.

    Robin Uilyams gorillaning hayotidagi eng qiyin davrda uning oldiga taklif etiladi. Koko uzoq vaqt davomida sherigi Maykl bilan yashagan, u o‘lgach tushkunlikka tushib qolgandi. Gorilla o‘zini yomon his qilayotgani va zerikayotganini imo-ishoralar bilan ko‘rsatib, ovqatdan bosh tortardi. Kokoning tushkunlik holati taxminan olti oy davom etgach, 2001-yilda nazoratchilar Robin Uilyamsdan uni kuldirish uchun yordam so‘rashadi.

    Aktyor va gorilla o‘rtasidagi muloqot juda tabiiy tarzda kechadi. Gorilla stulda o‘tirgan Uilyamsning yoniga kelib, yerga o‘tiradi-da, uning qo‘lidan ushlab, yoniga taklif etadi. So‘ngra aktyorning ko‘zoynagini olib, taqib ko‘radi, keyin esa ko‘zoynakni Uilyamsga qaytarib beradi. Koko Robinga o‘rganib qolgach, unga o‘yin taklif qiladi: ular bir-birini qitiqlaydi, aktyor maymun oldida turli-tuman yuz ifodalarini ko‘rsatadi va ikkalasi ham qotib-qotib kulishadi.

    “Biz bir-birimiz bilan g‘ayrioddiy narsani — kulgini baham ko‘rdik. Koko ingliz tilini tushunadi va mingdan ortiq ishoralarni biladi. Ular yordamida muloqot qiladi hamda odamlar bilan kundalik voqealar, hayot, muhabbat va hatto o‘lim haqidagi fikrlari va kechinmalarini o‘rtoqlashadi. Bu uchrashuv haqiqatan ham unutilmas bo‘ldi”, degan Robin Uilyams bu g‘ayrioddiy tajriba haqida.

    2014-yilda Koko aktyor vafot etgani haqida xodimlarning suhbatini eshitib qoladi. U juda xafa bo‘lib, o‘zini nazarda tutgan holda “ayol yig‘layapti” degan ishorani ko‘rsatadi.

    Robin Uilyams Disney’ga shart qo‘ygan

    Робин Уильямс

    Robin Uilyamsga Disney’ning “Olovuddin” multfilmida Jinga ovoz berishni taklif qilganlarida, u dastlab ikkilanadi. Chunki studiya har qanday imkoniyatdan foydalanib pul topishini bilardi. Biroq keyinchalik aktyor o‘z shartlari asosida bu personajga ovoz berishga rozi bo‘ladi.

    Кадр из мультфильма «Аладдин», роль Джинни озвучил Робин Уильямс

    Uilyams taklif etilgan 8 million dollar o‘rniga 75 ming dollarga rozi bo‘ladi. Bu pulni u AQSH kino aktyorlari gildiyasiga berishga qaror qiladi. Faqat bir shart bilan — Disney keyinchalik Uilyamsning ovozi va qiyofasidan boshqa reklamalarida foydalanmaslikka rozi bo‘lsa. Biroq kompaniya boshqacha yo‘l tutadi: u fastfud va o‘yinchoqlar reklamasida Uilyamsning ovozidan yashirincha foydalanadi.

    “Men faqat ovoz berishga rozilik bildirdim, xolos. Buni ulkan animatsiyaning bir qismi bo‘lishni xohlaganim uchun qilyapman. Farzandlarimga nimadir qoldirmoqchiman. Lekin bitta shartim bor: hech narsa sotishni istamayman”, degan aktyor qat’iy ohangda.

    Natijada Uilyams o‘z ismi, imzosi va suratidan foydalanish huquqini xayriya tashkilotiga topshiradi. Shu yo‘l bilan u vafotidan so‘ng 25 yil davomida o‘zi ishtirok etgan hech qanday reklama paydo bo‘lmasligini ta’minlaydi.

    Robin Uilyams Supermenga yordam bergan

    Робин Уильямс и Кристофер Рив

    Uzoq vaqt davomida kinoning asosiy Supermeni aktyor Kristofer Riv bo‘lgan. U kameradan tashqarida ham superqahramonga o‘xshardi: filmga olish paytida tryuklarni o‘zi bajarardi, otda chopardi, samolyotlarda uchardi, yaxta boshqarardi, xayriya ishlari bilan faol shug‘ullanardi. Keyinchalik u otdan yiqilib, bo‘yin umurtqalarini sindirib oladi. Natijada Rivning bo‘ynidan pastki qismi falaj bo‘lib qoladi, afsuski, bu holatni davolashning iloji yo‘q edi.

    Кристофер Рив

    Riv Robin Uilyams bilan aktyorlik maktabidan beri do‘st edi. Dahshatli hodisa ularning do‘stligini yanada mustahkamlaydi. Rivning eslashicha, kasalxonaga uni birinchi bo‘lib Uilyams ko‘rgani kelgan. U shifokor kiyimini kiyib, g‘alati ruscha talaffuz bilan gapirgan va o‘zini proktolog deb tanishtirgan. So‘ng hazillar aytib, oxir-oqibat do‘stini kuldirgan.

    “Men haqiqatan ham qiyin ahvolga tushganimda Virjiniyaga birinchi bo‘lib u keldi. Xudoga shukrki, o‘sha paytda bu kresloda xavfsizlik kamarini taqib olgan edim, aks holda uning qiliqlaridan kulib yiqilib tushgan bo‘lardim. Bunday fojia paytida ham... chinakam quvonch, kulgi va sevgini his qilish mumkin ekan”, deb eslaydi Riv.

    Robin Uilyams Kristofer Rivga hayotga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotmaslikka yordam berdi va do‘stining barcha tashabbuslari-yu intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.

    Кристофер Рив и Робин Уильямс

    23 iyul, 11:20   Izoh (0)   708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi svetoforlar holatini xaritada onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:45

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Namanganda sigir uy oldida o‘ynayotgan bolakay va uning onasini suzib, jarohat yetkazdi (video)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:25

    Nima uchun kechasi bosh “yorilguday” og‘riydi? Shifokor izohi

    Layfstayl | 23 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda naqd pulga bo‘lgan talab keskin ortdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:15

    Suriya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyadan yordam so‘radi

    Dunyo | 23 iyul, 18:10

    Bastian Shvaynshtayger va Ana Ivanovich to‘qqiz yillik turmushdan so‘ng ajrashdi

    Sport | 23 iyul, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.