Isroil harbiylari G‘azo va Livanda davom etayotgan urush sababli ultra-ortodoksal yahudiylarga harbiy xizmatga chaqiruv jo‘natdi. Bu diniy va dunyoviy isroilliklar o‘rtasidagi taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Oliy sud yahudiy seminariyasi talabalari harbiy xizmatdan ozod qilinmaydi, degan qarorga keldi. Ularga bu imtiyozni beruvchi qonun 1948-yilda qabul qilingan, o‘shanda ultra-ortodoksal yahudiylar ozchilikni tashkil etgan. Biroq diniy hamjamiyat rahbarlari yangi tashabbusga norozilik bildirmoqda.
Reuters agentligining Isroil Mudofaa vazirligiga tayanib yozishicha, konservativ hamjamiyatning 7000 a’zosiga bosqichma-bosqich chaqiruv qog‘ozlari yuboriladi. Ular diniy turmush tarzini saqlab qolishi uchun jamoa yetakchilari bilan hamkorlik qiladi.
Iyul oyida ming nafar ultra-pravoslav xizmatga chaqirilgandi. Yangi siyosat Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koalitsiyasidagi diniy partiyalar tomonidan qarshilikka uchrab, hukumat ichida ziddiyatlarni kuchaytirmoqda. Boshqa tomondan hukumatga anchadan beri xizmat qilayotgan zaxiradagi harbiylar bosim qilmoqda.
Ultra-ortodoksal hamjamiyat rahbarlarining ta’kidlashicha, seminariya talabalarini dunyoviy isroilliklar bilan birga xizmat qilishga majburlash ularning diniy o‘zligini yo‘q qilishi mumkin. Ba’zi ravvinlar armiyadan xabarnoma olgan izdoshlarini qarshilik ko‘rsatishga undayapti.
Izoh (0)