Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) shtab-kvartirasiga 155 millimetrlik jangovar artilleriya snaryadlari kelb tushdi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Snaryad portlamay qolgan. Italiyalik mutaxassislar tezda hududni o‘rab oldi va boshqariladigan portlashni amalga oshirdi, deyiladi UNIFIL Telegram’dagi xabarida. Tashkilot mojaro tomonlariga BMT xodimlari va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash majburiyatlarini eslatdi.
15-noyabr kuni UNIFIL xabar berishicha, bir necha noma’lum bosqinchilar Isroil bilan chegarada marshrut bo‘ylab ketayotgan missiya patruliga qarata o‘q uzgan. Bungacha tinchlikparvarlar o‘q-dorilar omborini topib, bu haqda Livan armiyasini xabardor qilgan.
BMT tinchlikparvar kuchlari 1978-yildan beri Livanda. Ularning vazifalari o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatish va Livan va Isroil o‘rtasidagi Moviy chiziq bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.
UNIFIL oktabr oyida tinchlikparvar kuchlar jarohatlangani haqida uch marta xabar bergan. 13-oktyabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga murojaat qilib, tinchlikparvar kuchlarni Livan hududidan olib chiqishga chaqirgandi.
G‘azoda BMTning 240 nafardan ortiq xodimi halok bo‘ldiG‘azo sektorida mojaro boshlanganidan beri halok bo‘lgan BMT xodimlari soni 241 nafarga yetdi. Bu haqda BMTning Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 237 nafari BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) xodimlaridir. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Rivojlanish dasturi, Loyiha xizmatlari byurosi va BMTning Qo‘riqlash va xavfsizlik boshqarmasidan bittadan kishi G‘azoda halok bo‘lgan.
Hisobotga ko‘ra, G‘azoda BMTdan tashqari turli xalqaro gumanitar tashkilotlarning 326 nafar xodimi halok bo‘lgan, ulardan 33 nafari Falastin Qizil yarim oy jamiyatining ishchilari va ko‘ngillilar hisoblanadi.








