Avvalroq xabar berilganidek, Toshkent shahrida 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib ma’ruza qildi.
Bu yilgi parlament saylovi yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan ilk saylov sifatida tarixga kirgani alohida qayd etildi. Shuningdek, bu jarayon birinchi marta aralash saylov tizimida o‘tdi.
Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasiga 150 nafar deputat saylandi. Ularning 57 nafari ayollar, 11 nafari 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar bo‘ldi. Umuman, bu yil quyi palata tarkibi qariyb 60 foizga yangilandi.
Palataning so‘nggi besh yildagi faoliyatiga baho berildi. Bu davrda mamlakat Konstitutsiyasi yangilandi. 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi. Bu – oldingi davrga nisbatan 1,5 karra ko‘p.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
Tadbir oldidan tayyorgarlik jarayoni
Tadbir
Izoh (0)