Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligining O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Muhitdinov oktyabr oyida Toshkent viloyatida prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov lavozimidan ozod etilgan edi.
Erkin Muhitdinov 1976-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000-yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007-yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Turon” bank, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida rahbar lavozimlarda hamda Ohangaron tumani hokimi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)