• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy videouchrashuv huquqi berilishi kutilmoqda

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17-dekabrdagi majlisida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali videouchrashuvga bo‘lgan huquqini ta'minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

    Foto: O‘zA

    Majlis qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini ta’minlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.

    Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan videouchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali videouchrashuv soni jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.

    Loyihada manzil-koloniyalar hamda tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning yil mobaynida yigirma to‘rt marta masofali videouchrashuvlar olish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.

    “Bugungi kunda amalda ham telefon va video-uchrashuvlar tashkil etib kelinadi. Video-uchrashuv uchun mahkumning oila a’zolari o‘z hududidagi muassasamizga borishi kerak. Endilikda onlayn platforma orqali amalga oshirish imkoniga ega bo‘lamiz. Hozirda bunday platformadan 45 tasi muassasalarimizga o‘rnatilgan. Qonun qabul qilinganidan so‘ng ular soni 150 taga yetkaziladi. Ushbu maxsus onlayn dastur mahkumning yaqinlarining telefon raqamlariga ulab beriladi”, deya qayd etdi mutasaddilar majlisda.

    Qonun tashabbuskorlarining fikricha loyihadagi mazkur o‘zgartirishlar jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuv yo‘li bilan oila a’zolari va yaqinlari bilan doimiy aloqalarini ta’minlash va oilaviy munosabatlarini saqlab qolishga, shuningdek, tuzalish yo‘liga o‘tishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

    Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan videokonferens orqali 15 daqiqagacha qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazishga ruxsat berilishi haqida 2021-yilda ma’lum qilingandi.

    Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Sultonov jazoni ijro etish muassasalarida jazoni ijro etayotgan mahkumlar bilan videokonferensaloqa orqali qisqa muddatli uchrashuvlarni o‘tkazish tartibi ishlab chiqilganini, bu tizim test rejimida ishlayotganini aytgandi.

    Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, uchrashuvlar o‘rtada to‘siq bo‘lgan holda tashkil qilinadi. Shuning uchun bu qo‘shimcha chiqimlarni oldini olish, qarindoshlarini yo‘lkira xarajatlaridan ozod qilish maqsadida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

    Bundan avval prezident tomonidan 4-dekabrda imzolangan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilgandi.  Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ular jazo o‘tashini davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish asoslari, shartlari hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish nazarda tutilgan. 

    2025-yil 1-yanvardan boshlab uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida bo‘lishini real vaqt rejimida masofadan turib nazorat qilish tartibi amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi. 

    17.12.2024, 15:13   Izoh (0)   2582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #mahkumlar#masofali video-uchrashuv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Antikorrupsiya agentligi hukumatning mahkumlar uchun masofali video-uchrashuv pulli xizmatini yo‘lga qo‘yish loyihasini qonunchilikka zid deb baholadi

    14.06.2024, 13:25

    “Daryo” dayjesti: 14-iyunning eng muhim xabarlari

    14.06.2024, 20:10

    Rossiya ayblanuvchi va gumonlanuvchilarni urushga yuborishni rejalashtirmoqda

    20.06.2024, 12:55

    O‘zbekistonda qamoqxonalarda tovar xarid qilish uchun infokiosklar o‘rnatiladi

    03.07.2024, 10:55

    Mashhur insonlar hayotini o‘zgartirib yuborgan kitoblar

    22.08.2024, 12:50

    O‘zbekistonda mahkumlar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonun kuchga kirdi

    01.09.2024, 10:00

    “Tolibon” Germaniyadan deport qilingan jinoyatchilarni ozod qildi  

    07.09.2024, 16:59

    Sergelidagi portlash aybdorlari 5 yilga qamaldi

    11.10.2024, 22:11

    “Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkumlar ovoz berishda ishtirok etadi” — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

    27.10.2024, 17:45

    Lukashenko ekstremizmda ayblangan 31 mahbusni afv etdi 

    07.11.2024, 21:50

    “Jeki Channi ota-onasi 200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan”. Jahon yulduzlarining qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari

    19.11.2024, 16:10

    Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi

    22.11.2024, 20:00

    O‘zbekistonda mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda

    03.12.2024, 15:22

    Toshkentni qoplagan tuman, ikkita maktabda aniqlangan virusli gepatit kasalligi, skuter va mopedlar harakati taqiqlangan Buxoroning tarixiy qismi: 3-dekabrning eng...

    03.12.2024, 23:39

    Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi

    05.12.2024, 15:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.