Markaziy bank hozirgi kunda mamlakat hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi (2009-yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.
Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etmoqda.
“Shuningdek, agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin.
”O‘z navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini maʼlum qiladi", deyiladi xabarda.
Markaziy bank “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mamlakat hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib o‘tdi.
Izoh (0)