Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
N. Normizayeva 1976-yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi – musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator masʼul lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar, Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan.
U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
2018-yildan 2024-yilgacha viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Nazira Muxtorova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Shuningdek, Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Z.Saidova 1978-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)