• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pora olayotganida qo‘lga tushgan Kogon tumani prokuroriga jazo tayinlandi

    Pora olayotganida ushlangan Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida 2-avgust kuni unga tegishli jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. “Daryo” tanishib chiqqan sud hujjatiga ko‘ra, Bahodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimida ishlab kelib firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida 2024-yil yanvar oyi boshlarida N.No‘monov va xavfli retsidivist bo‘lgan Z.Adilov bilan jinoiy til biriktirgan.

    Ular Buxoro viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha jamiyat ta’sischilaridan birining ishonchiga kirib, jinoyat ishi doirasida unga nisbatan ayblov e’lon qilmaslik va jinoiy javobgarlik masalasini Buxoro viloyat prokuraturasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali hal etishi mumkinligini aytib, 100 ming dollar miqdorida pora berishga dalolat qilgan.

    Bahodir G‘ulomov 15-yanvar kuni Buxoro shahridagi “Turon” mehmonxonasi oldida 100 ming dollarni jinoiy sherigi N.No‘monov orqali olgan. Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJga aloqador shaxslarni Buxoro viloyat prokuraturasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga yana 100 ming dollar pora berishga dalolat qilgan hamda firibgarlik yo‘li bilan 44 ming dollarni qo‘lga kiritgan.

    Shundan 10 ming dollarni Z.Adilov olib, qolgan 34 ming dollarni N.No‘monov kelgusida Bahodir G‘ulomovga berish uchun o‘zida saqlab kelgan. 13-fevral kuni Buxoro shahar markaziy kasalxonasi yonida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bahodir G‘ulomov N.No‘monov orqali 56 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

    Sud hukmi bilan Bahodir G‘ulomov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda pora berishda ishtirokchilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    Unga 3 yil muddatga prokuratura organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, uning sheriklari — N.No‘monov 11 yil, xavfli retsidivist hisoblangan Z.Adilovga 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.

    Prezident fevral oyida Andijonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “sekin-sekin 200 ming dollarni gaplashgan” Kogon tumani prokurori qilmishini tanqid qilib, uni noinsof deb aytgandi.

    Avvalroq Asaka tuman prokurori o‘rinbosari 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi.

    Pora bilan qo‘lga tushgan prokuratura xodimlari

    Aprel oyida Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming dollar pora bilan ushlangandi. Iyun oyida esa Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi.

    07.08.2024, 13:42   Izoh (0)   6458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    15.02.2024, 10:55

    “200 ming dollarga gaplashgan”. Prezident pora bilan qo‘lga tushgan prokuror haqida gapirdi

    16.02.2024, 16:03

    Asaka tuman prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi

    01.08.2024, 09:45

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni ham issiq va quruq ob-havo bo‘ladi

    07.08.2024, 12:30

    Mingbuloq, Furqat va Taxiatosh tumanlariga yangi hokim tayinlandi

    07.08.2024, 11:46

    Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini, farzandi va o‘zini otib o‘ldirdi. Qotillik sababi ochiqlandi

    07.08.2024, 11:02
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.