Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
29-iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori “YERS” MCHJga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalariga ko‘maklashish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)