O‘zbekistoning uchta tumaniga 7-avgust kuni yangi hokim tayinlandi.
Ahror Mansurov Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Nurshod Xudoyberdiyev lavozimidan ozod etildi.
Elyorbek Asronqulov Farg‘ona viloyatining Furqat tumani hokim bo‘ldi. Tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Kamiljan Aytbayev Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. Bungacha u Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shu kuni Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri hokimi etib tayinlandi. 2024-yilning iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Izoh (0)