• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bloger Farhod Mannopov o‘limida operatsiya qilgan jarroh emas, anesteziolog aybdor deb topildi

    Bloger Farhod Mannopov o‘limi yuzasidan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi hukm chiqardi. “Daryo” tanishgan sud hukmiga ko‘ra, Mannopovni operatsiya qilgan LOR-shifokor oqlangan.

    LOR-shifokor oqlandi

    LOR dastlabki sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. U asossiz ravishda ayblanganini aytib, oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan.

    Apellyatsiya instansiyasi joriy yil 22-iyulda jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi 2024-yil 29-noyabrdagi hukmining LORga oid qismini bekor qilgan.

    Shifokor Jinoyat kodeksi 117-moddasi 2-qismi hamda 116-modda 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuzasidan qilmishida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sabab Jinoyat protsessual kodeksi 83-moddasi 2 va 3-bandlariga asosan aybsiz deb topilib oqlandi. Jinoyat ishining unga oid qismi tugatildi.

    Sud jarayonida o‘lim yuzasidan qator masalalar muhokama etilgan. Jumladan, uchta mutaxassis so‘roq qilingan. Ular operatsiya jarayonida LORda ayb bo‘lmaganini aytgan.

    Birinchi guvoh — Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qo‘shimcha guvoh sifatida Mudofaa vazirligi MHKG Otolaringologiya bo‘limi boshlig‘i, bosh otalaringolog bo‘lgan. Uning aytishicha, bemor LORning aybi bilan o‘lmagan. Aynan rinoplastika vaqtida LOR aybi bilan bemor isitmasi ko‘tarilib ketishi amaliyotda uchramagan.

    Yana bir guvoh tariqasida Qurolli kuchlar Sud-tibbiy ekspertiza markazi vakili ham so‘roq qilingan. U o‘lim jarrohlik amaliyoti jarayonida dori vositasiga medikamentoz allergik reaksiya natijasida rivojlangan anafilaktik shok bo‘lganini aytgan. Ekspertlar tahliliga ko‘ra, bu klinik holatda marhum burun shilliq qavatlariga inyeksiya orqali yuborilgan “Novokain” mahalliy anestetik dori vositasi etiologik omil sifatida ishtirok etgani ehtimoldan xoli emas.

    Sudda yana guvoh sifatida Ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy markazi shifokor allergologi ham so‘roq qilingan. Mazkur guvoh ham o‘lim sababini dori vositasiga allergik reaksiya oqibatida rivojlangan anafilaktik shok deb belgilashganini maʼlum qilgan.

    Aybdor anesteziolog

    Sud hukmida keltirilishicha, Farhod Mannopovni “Star Med Center” xususiy klinikasida operatsiya qilishda qatnashgan anesteziolog-reanimatolog shifokor tibbiy standartlarni qo‘pol tarzda buzgan. U bemorni yetarlicha tekshirmagan va to‘g‘ri tashxis qo‘ymagan. Masalan, allergik risklar bor-yo‘qligini tekshirmagan. Kardiolog tavsiyalarini olmagan. Anesteziologik muolaja natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli oqibatlar yuz bergan taqdirda ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rmay, anesteziya qo‘llash mumkinligiga tavsiya bergan.

    Blogerga 2023-yil 3-mart kuni soat 13:40 da “Sevofluran” gazli narkoz muolajasi qo‘llangan. Mazkur dori vositasini miya jarohatlari mavjud bo‘lganda qo‘llash ma’n etilgan. Farhod Mannopov esa burnidan jiddiy jarohat olgani sabab klinikaga kelib, operatsiyaga rozi bo‘lgan.

    Anestiziolog jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor sog‘lig‘iga hamda o‘z kasbiga beeʼtibor bo‘lishda davom etgan. Anesteziya o‘tkazishda arterial bosim va yurak qisqarishlari sonini har 5 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda o‘lchab turishi kerak bo‘lgan. Uzluksiz elektrokardioskopik nazorat o‘tkazish asosiy vazifalaridan hisoblangan. Ammo u operatsiya jarayonida telefonda bir necha daqiqa davomida gaplashib o‘tirgan. Suhbatlar operatsiya jarayonlariga bog‘liq bo‘lmagan.

    Natijada bemor tana harorati ko‘tarilganini o‘z vaqtida aniqlamagan. Yo‘l qo‘ygan bir necha xatolari sabab bemor isitmasi ko‘tarilib, yuragi birinchi marta soat 16:30 da to‘xtab qolgan va koma holatiga tushgan. Bemorda ikkinchi marta soat 17:10 da, uchinchi marta soat 17:53 da yurak faoliyati to‘xtashi yuzaga kelgan.

    Farhod Mannopov chuqur komatoz holatga tushib qolgani oqibatida o‘ziga kelmasdan, o‘tkir yurak qon-tomir, nafas, buyrak va jigar yetishmovchiligi, DVS sindromi, o‘pka va miya shishi (poliorgan yetishmovchilik) bilan 2023-yil 5-mart kuni soat 03:20 da klinikaning o‘zida vafot etgan. Marhum 27 yoshda bo‘lgan.

    Maʼlumot uchun, Jinoyat ishi 2023-yil sentyabr oyida sudga oshirilgan edi. 2023-yil oktyabrida marhumning yaqinlari iltimosi bilan sud jarayonning OAVda yoritilishini taqiqlagan.

    29 iyul, 21:39   Izoh (0)   6082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyoning 15 ta davlati TIV rahbarlari Falastin davlatini tan olish jarayonini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 30 iyul, 23:50

    Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 23:30

    Tramp ukrainalik qochqinlarga urush tugaguncha AQSHda qolishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 iyul, 23:15

    Hindistonda 12 yil avval ishlangan filmning finali sun’iy intellekt orqali yaratiladi va qayta namoyish etiladi

    Kino | 30 iyul, 23:01

    ChatGPT’da bepul repetitor rejimi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 22:50

    Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 22:18

    G‘azoda bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko‘tarildi

    Dunyo | 30 iyul, 22:05

    “Manchester Yunayted” Onana o‘rniga munosib nomzod topdi

    Sport | 30 iyul, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.