• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda kambag‘allikni yangi usulda aniqlash tizimi joriy etiladi

    Bugun, 27-avgust kuni Toshkent shahrida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Uch kun davom etadigan forumda 63 ta mamlakat va 30 dan ziyod xalqaro tashkilotlar vakillari, siyosatchilar, ekspertlar ishtirok etmoqda.

    Tadbirda O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi yordamida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi joriy etilayotgani aytildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning taʼkidlashicha, yangi tizim kambag‘allikni chuqur tadqiq etish bilan birga, qator sohalardagi muammolarga yechim topishga ham yo‘l ochadi.

    Obid Hakimov
    Foto: “Daryo”
    “Kambag‘allikning eng oddiy o‘lchovi — monetar kambag‘allik. Bunda daromadingiz maʼlum summadan kam bo‘lsa, siz kambag‘al hisoblanasiz. Ko‘p o‘lchovli kambag‘allikda esa odamning qaysi imkoniyatlardan mahrumligi aniqlanadi. Xususan, taʼlim, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana oladimi, yashash sharoiti qandayligi o‘rganiladi. O‘zbekistonda shu yo‘nalishda pilot loyihalar qilindi. Hozir Statistika agentligi 16 mingta uy xo‘jaliklarida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Natijalar 2025-yilda eʼlon qilinadi. Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksining afzallik tarafi—bir odamning yashash sharoiti turli tomondan qanday o‘zgarayotganini baholaydi. U davlatning qator sohalarda bajarayotgan ishlari samarasini o‘lchash imkonini ham beradi”, dedi markaz rahbari.
    Foto: “Daryo”

    Muloqotda so‘nggi uch yil davomida O‘zbekistondagi moliyaviy ko‘makka muhtoj 3 million aholining turmush sharoiti yaxshilangani aytildi. Buning natijasida mamlakatdagi monetar kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizga kamaygan. Yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 7 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Forumda mutaxassislar o‘z yurtida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi qanday ishlayotgani to‘g‘risida fikr almashmoqda. O‘zbekistonda yangi tizimni yo‘lga qo‘yishda nimalarga eʼtibor qaratish muhimligi bo‘yicha takliflar bildirilyapti. Forumning uchinchi kunida ishtirokchilar Samarqand shahrida bo‘lishi va hududdagi mahallabay ishlash tizimi bilan tanishtirilishi kutilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Maʼlumot uchun, 2010-yilda Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan Global ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi (MPI) joriy etildi. Bunda kambag‘allikni batafsil baholash uchun sog‘liqni saqlash, taʼlim va turmush darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 

    2013-yilda esa kambag‘allikka qarshi kurashishda birlashish va tajriba almashish maqsadida 63 ta mamlakat va 30 dan ziyod xalqaro tashkilotlar ishtirokida Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global hamkorlik tarmog‘i tashkil etilgan. Tarmoq doirasida har yili turli davlatlarda uchrashuvlar o‘tkaziladi.

    27.08.2024, 20:54   Izoh (1)   10479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. asror605@gmail.com / 28.08.2024, 12:18

      аниглаш учун маххалада айланиш.куруг чиройли гапни гапириб галустик такиб юровирмай

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda valyuta almashuv kursiga qaysi omillar taʼsir etayotgani maʼlum qilindi

    15.08.2024, 18:34

    Aholi orasida daromadi oshishini kutayotganlar kamayib, xarajatlari o‘sishiga ishonganlar ko‘paydi — Markaziy bank

    19.08.2024, 21:26

    Xususiy sektorda 5 mln so‘mdan ko‘p oylik oladiganlar soni 1 mln nafardan oshdi  

    20.08.2024, 12:49

    Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi byudjetga qanchaga tushadi? Mutaxassislar bilan suhbat

    21.08.2024, 11:40

    Toshkentdagi IT-Park rezidenti AQSH sanksiyasiga uchradi

    26.08.2024, 12:30

    O‘zbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qo‘yilganmi? Markaziy bank vakili javob berdi

    25.08.2024, 14:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.