Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv 2-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Samarqandda – “Dinamo” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasida kechdi.

O‘yinda hisob 24-daqiqada ochildi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning goli birinchi bo‘limda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoada qator vaziyatlar yaratildi. Undan ham farg‘onaliklar unumli foydalandi.
78-daqiqaga kelib Abrorbek Ismoilov hisobni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va farg‘onaliklar g‘alabaga erishdi.
Mazkur g‘alaba bilan farg‘onaliklar 27 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar esa 28 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)