• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yevroittifoq va O‘zbekiston o‘rtasida vizalarni soddalashtirish bo‘yicha muzokara boshlash imkoniyati mavjud” — Toyvo Klaar bilan suhbat

    Joriy yil 10-iyun kuni boshlangan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligi: Samarqand sammitidan boshlangan yo‘l” mavzusida panel munozarasi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Yevroittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar ham ishtirok etdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil etgan tadbir doirasida elchi “Daryo”ga intervyu berib, ayrim savollarga javob qaytardi.

    Toyvo Klaar
    Toyvo Klaar
    Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

    Yaqin kelajakda Yevropa O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishi mumkinmi? Bu masalada qanday fikrdasiz?

    Vizaga murojaat qilish har doim ham oson emas. Buning turli sabablari bor. Baʼzida odamlar belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilmaydi. Masalan, ular vizani ertaga olishni istashadi. Lekin afsuski, bu bir kunda amalga oshmaydi. Viza masalasi fuqarolar uchun yuk bo‘lib qoladi.

    Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi doirasida vizalarni soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash imkoniyati mavjud. Bu albatta, ertaga bo‘lib qolmaydi. Munosabatlarimiz rivojlanar ekan, mazkur masala ham ijobiy tomonga o‘zgarishiga ishonaman.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Yevroittifoqda o‘zbekistonlik muhojirlar soni qancha? Ular nega O‘zbekistonda emas, aynan Yevropada o‘zlarini rivojlantirishga intiladi?

    Bu masala O‘zbekiston hukumati uchun ham muhim. Mamlakat fuqarolarining Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini istaydi. Aksariyat Yevroittifoq aʼzolari mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston hukumati bilan bitimlar imzolagan. Bu ijobiy holat albatta. Va O‘zbekiston hukumati buni mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Mehnat muhojirlari soni bo‘yicha statistikani har bir davlat alohida yuritadi. Shuning uchun menda to‘liq statistik maʼlumotlar mavjud emas.

    Yevroittifoq O‘zbekistonda energetikaga sarmoyalar kiritmoqda. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yana qaysi sohalarga investitsiya kiritishni maʼqul ko‘radi?

    Yevropa Ittifoqi uchun strategik xomashyo muhim sohalardan biri. Ammo kuni kecha Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurganida o‘tkazilgan muzokaralarda ko‘rganimizdek, turli Yevropa davlatlarining o‘ziga xos sanoat yo‘nalishlari va tajribalari bor. Shuning uchun ular o‘zlarining ixtisoslashgan sohalarida O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega.

    Yevropa Ittifoqining 27 aʼzo davlati birgalikda sanoatning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan. Shu bois, aniq bir sohaga ustuvor deb qarash qiyin.

    Menimcha, O‘zbekistonda Yevropa investitsiyalarini oshirish uchun eng muhim omil — bu muvaffaqiyatli misollarni ko‘rsatishdir. Yaʼni Yevropa kompaniyalari mamlakatda qanday muvaffaqiyatli biznes qilgan, ish o‘rinlari yaratgan, foyda olgan va yaxshi tajriba orttirganini ko‘rsatish lozim. Yaxshi natijalar boshqa sarmoyadorlar uchun ham ijobiy signal bo‘ladi.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Yevropada ishchi kuchi tanqisligi mavjudmi? Masalan, Germaniya O‘zbekistondan ko‘plab hamshiralarni ishga taklif qilmoqda. Bu ishchi kuchi yetishmasligidan dalolatmi?

    Ha, buni tan olish kerak. Yevropada demografik o‘zgarishlar natijasida aholining yoshi ulg‘ayib bormoqda. Bu esa iqtisodiyotning ayrim sohalarida ishchi kuchining yetishmasligiga olib kelyapti. Mazkur holat, albatta, har bir davlatda turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy jihatdan olganda, Yevropa davlatlarining o‘zbekistonliklarni ishlashga taklif qilayotgani saxovat emas, balki real ehtiyoj natijasidir.

    Demak, Yevropa O‘zbekistondagi yoshlarning salohiyatiga ishonadi?

    Albatta. Umid qilamanki, bu jarayon ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Yaʼni bir odam bu yerdan Yevropaga boradi, ishlaydi, tajriba orttiradi va keyin O‘zbekistonga qaytib, o‘z mamlakatida bilim hamda ko‘nikmalaridan foydalanadi.

    Bu Yevropaning uzoq muddatli strategiyasimi?

    Umid qilamanki, ha. Chunki biz O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda kuchli va farovon jamiyatni shakllantirishga yordam bermoqchimiz.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Markaziy Osiyo mintaqasida aynan nima uchun O‘zbekiston? Axir Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham rivojlanib borayotgan davlatlar-ku?

    Biz barcha mamlakatlar bilan ishlayapmiz. Masalan, Qozog‘istonga neft va gaz sohasiga ko‘plab sarmoyalar yo‘naltirilgan. O‘zbekiston esa aholisi soni bo‘yicha mintaqadagi eng yirik davlatdir. Bu juda jozibador omil hisoblanadi va shu sababli ham investitsiya kiritishga asos bor.

    Ayni paytda boshqa davlatlarga sarmoya kiritish uchun ham turli sabablar mavjud. Har bir kompaniya o‘ziga mos imkoniyatni topadi.

    So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda qilingan o‘zgarishlar Yevropa bizneslari uchun osonlik yaratdimi?

    Menimcha, imkoniyatlar mavjud. Ko‘p islohotlar amalga oshirilgan. Biroq hanuzgacha Yevropa investitsiyalari soni boshqa mintaqalarga nisbatan kam. Mazkur holat Yevropa kompaniyalari hali O‘zbekistonda keng ko‘lamli sarmoya kiritishga to‘liq tayyor emasligidan dalolat beradi. Bu nafaqat Yevropa uchun, balki O‘zbekiston uchun ham yo‘qotishdir. Shu bois O‘zbekistonga eng maqbul yo‘l — Yevropa sarmoyalarini jalb qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo‘lishi kerak.

    Ana shunday shart-sharoitlar sifatida nimalarni ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

    Eng muhimi — teng raqobat muhiti va shaffof boshqaruv tizimi. Yaʼni sarmoyador mamlakatga kelganda faqat bugun emas, ertaga va kelasi yilda ham nima bo‘lishini aniq bilib tursin. Qonunchilik, hukumat bilan ishlash mexanizmlari va hukumatning sarmoyadorga munosabati tushunarli va barqaror bo‘lishi zarur.

    “Daryo” muxbirlari Islombek Umaraliyev va Mohinur Sultonova suhbatlashdi

    10 iyun, 18:31   Izoh (0)   1152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yevropa Ittifoqi#Toyvo Klaar#vizasiz#O‘zbekiston fuqarolari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Yevroittifoq Adliya, ichki ishlar va inson huquqlari bo‘yicha quyi qo‘mita majlisini o‘tkazdi

    11.11.2016, 10:13

    Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

    11.09.2024, 17:15

    Saida Mirziyoyeva Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi

    21 yanvar, 21:58

    Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga kredit olgan taksichi, O‘FA prezidentligini tark etgan Abdusalom Azizov, mashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan 32 y...

    21 yanvar, 23:19

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    18 mart, 14:51

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi

    26 may, 14:50

     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi

    4 iyun, 10:38

    Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari Yevropa rahbarlarini Netanyaxuga qarshi chiqishga undamoqda

    3 iyun, 18:16

    AQSH Suriyadagi harbiy bazalarining aksariyatini yopadi

    4 iyun, 11:59

    Italiya 1 500 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan taʼminlamoqchi

    4 iyun, 19:29

    Yevropa Ittifoqi chet eldagi foydali qazilmalarni o‘zlashtirishni boshlaydi

    5 iyun, 13:41

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    6 iyun, 18:50

    Tramp Germaniyaga rus gazi o‘rniga Amerikanikini taklif qildi

    7 iyun, 11:05

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    7 iyun, 20:00

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    8 iyun, 10:20

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    9 iyun, 08:54

    Yevropada qizamiqdan kasallanish holatlari tez sur’atda ko‘paymoqda

    9 iyun, 13:22

    O‘zbekistonda Mobiuz sotuvga qo‘yildi

    10 iyun, 11:15
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Stomatolog ogohlantirdi: tish muammolari ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:50

    Bo‘stonliqda yarim tunda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 23:35

    Keti Perri va Orlando Blum 6 yillik munosabatlaridan so‘ng ajralishga qaror qilishdi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:31

    Xitoyda kuniga 200 marta “otjimaniya” qilayotgan 92 yoshli ayol barchani hayratga solmoqda

    Dunyo | 12 iyun, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.