• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Aholining 11 foizdan ortig‘i pensioner: O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,2 mln nafarga yetdi

    Pensiya jamg‘armasi ro‘yxatidagi pensionerlar soni 4,2 mln nafarga yetdi. Bu haqda jamg‘arma iyun oyidagi pensiya to‘lovlari to‘g‘risidagi eʼlonida maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, bank kartasi orqali pensiya oluvchilar soni 84 foizni tashkil etmoqda.

    “Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yil iyun oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,2 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi. O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,5 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 84 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi”, deya xabar bergan jamg‘arma.

    Lekin bu raqam respublikadagi jami pensionerlar sonini ifodalamaydi. “Daryo” manbasining maʼlum qilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tuzilmalaridan pensiyaga chiqqanlar hisobi va to‘lovlari alohida yuritiladi. U tashkilotlar quyidagilar:

    • Prezident davlat xavfsizlik xizmati;
    • Davlat xavfsizlik xizmati;
    • Mudofaa vazirligi;
    • Ichki ishlar vazirligi;
    • Bosh prokuraturasi;
    • Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
    • Milliy gvardiyasi;
    • Bojxona qo‘mitasi;
    • Konstitutsiyaviy sud;
    • Oliy sud;
    • Sudyalar oliy kengashi.

    “Daryo” mazkur tashkilotlardan bir nechtasiga o‘z tuzilmalarida ishlab, pensiyaga chiqqan va hozir pul olayotgan pensionerlar sonini ochiqlashni so‘rab, murojaat qildi. Biroq faqatgina Mudofaa vazirligi tuzilmalarida ishlagan va hozirda pensiya olayotganlar soni oshkor etildi.

    “Mudofaa vazirligi tuzilmalarida 27 ming nafar pensioner pensiya olmoqda”, deydi vazirlik Faxriylar kengashi raisi Abubakir Navro‘zov.

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov esa pensionerlar soni oshkor etilmasligini maʼlum qildi.

    “Soni yopiq axborot ekan. Sababi pensiyaga chiqsa, qurolli kuchlar rezerviga o‘tkazilar ekan. U maʼlumot esa maxfiy”, deya javob berdi vazirlik axborot xizmati rahbari.

    “Daryo” manbasining aytishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlab, pensiyaga chiqadiganlar  pensiyalarini hisoblash tartibi jamg‘armanikidan farq qiladi. Yaʼni ularga yuqoriroq pensiya tayinlanadi. 

    Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprelda O‘zbekiston aholisi 37,7 million kishiga yetgan.

    4 iyun, 18:02   Izoh (0)   1583
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Pensiya jamg‘armasi#pensiya#pensioner#iyun oyi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda pensiyalarni to‘lashning kechikishi texnik sabablar bilan izohlandi

    08.05.2020, 13:07

    O‘zbekistonda pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

    07.11.2020, 08:22

    O‘zbekistonda uy bekalari uchun ham kelajakda pensiya olish imkoniyati yaratiladi

    18.02.2021, 13:21

    Pensiyani plastik kartaga o‘tkazish uchun qayerga murojaat qilinadi?

    30.08.2023, 10:08

    O‘zbekistonda pensiya sohasida ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

    27.09.2023, 09:05

    O‘zbekistonda pensiya qanday hollarda qayta hisoblanishi maʼlum qilindi

    22.01.2024, 10:10

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida 100 yoshli pensiya va nafaqa oluvchilar ko‘pligi maʼlum qilindi

    15.03.2024, 12:05

    O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni maʼlum qilindi

    17.05.2024, 16:40

    Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi byudjetga qanchaga tushadi? Mutaxassislar bilan suhbat

    21.08.2024, 11:40

    Byudjetdan nafaqalarga to‘lov kamayib, davlat qarziga foiz xarajatlari keskin oshgan

    26 fevral, 16:24

    O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaydi

    4 mart, 08:41

    O‘zbekistonda yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? 

    15 mart, 09:45

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi 

    10 may, 18:05

    Yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz tayinlanadigan bo‘ldi

    20 may, 22:00

    O‘zbekistonda may oyida qancha pensiya to‘langani ochiqlandi

    29 may, 14:05

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    3 iyun, 12:00

    O‘zbekistonda 1-iyuldan to‘lanadigan barcha pensiya va nafaqalar miqdori e’lon qilindi

    4 iyun, 11:17
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.