Farg‘ona shahrining “Jo‘ydam” MFYda joylashgan, fuqaro S.Sh.ga qarashli kulolchilik sexida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchi gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 7 mlrd 655 mln 718 ming so‘mlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga, Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
- Qoraqalpog‘istonning uchta hududida 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi.
- Buxoro va Jizzaxda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 360 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi.
- Uchta viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi.
Respublika bo‘ylab 26-may kuni 271 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 470 ta holatda 6,2 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Izoh (0)