• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekiston fiskal va monetar siyosati bo‘yicha tahlil va tavsiyalarini eʼlon qilgandi. Iqtisodchi Yuliy Yusupov ushbu tavsiyalar yuzasidan fikrlarini bayon etdi.

    Foto: “Sputnik”
    Foto: “Sputnik”

    Taʼkidlanishicha, XVJ O‘zbekiston hukumatiga soliq tushumlarining YIMga nisbatan 2020-yildan buyon 2 foiz punktga pasayganini qoplash va soliq tizimini adolatliroq qilish maqsadida byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqishni tavsiya etmoqda. Buning uchun quyidagilar taklif qilinmoqda:

    • alkogol, qazilma yoqilg‘i, transport vositalari va shakarga maxsus aksizlar stavkalarini oshirish;

    • investitsiyaviy imtiyozlarni qisqartirish, ularni uzaytirishdan yoki yangilarini joriy etishdan voz kechish;

    • samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qilish va yangi imtiyozlarni joriy etmaslik;

    • jismoniy shaxslar daromad solig‘ining joriy bir xil stavkasi o‘rniga progressiv shkala joriy etish.

    “Individual va sohaviy imtiyozlar, bozor mexanizmlarini buzib, raqobatga to‘sqinlik qiladi va korrupsiya uchun muhit yaratadi. Shu bois, ularni bekor qilish zarurligi bo‘yicha to‘liq qo‘shilaman.

    Biroq byudjet daromadlari go‘yoki kamaygani uchun ularni oshirish kerak, degan fikr esa shubhali. Osiyo taraqqiyot banki maʼlumotlariga ko‘ra, bunday pasayish bo‘lmagan: 2020-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari YIMning 26,9 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 30,5 foizga yetgan.

    Masala shundaki, davlat xarajatlari bundan ham tezroq o‘sgan — 29,1 foizdan 35,5 foizgacha”, deb yozgan iqtisodchi.

    Qayd etilishicha, haqiqatan ham byudjet daromadlari o‘sishi davlat xarajatlari o‘sishidan ortda qolmoqda. Bu byudjet tanqisligi va davlat qarzining ortishiga olib kelmoqda.

    “Ammo bu holat soliq yukini yanada oshirish kerakligini anglatadimi? Yoki, aksincha, davlat xarajatlarini qisqartirish kerakmi?”, deya savol qo‘ymoqda Yuliy Yusupov.

    Iqtisodchi Xalqaro valyuta jamg‘armasi mantig‘iga ko‘ra, byudjet muvozanatini saqlash uchun soliq yukini oshirish kerakligini yozmoqda. Bu, albatta, makroiqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan tushunarli — u rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilgan: katta davlat xarajatlari bo‘lsa, ularni yuqori soliqlar bilan qoplash kerak; aks holda, iqtisodiy barqarorlikka tahdid yuzaga keladi.

    “Ammo O‘zbekiston hali na rivojlangan, na to‘liq bozor iqtisodiyotiga ega.

    Birinchidan, O‘zbekiston kambag‘al mamlakat — jon boshiga YIM atigi 3000 dollar atrofida. Jahon tajribasidan maʼlumki, mamlakat qancha kambag‘al bo‘lsa, byudjet va soliq yuki ham shuncha kam bo‘lishi kerak. Agar albatta, u rivojlangan davlatlarga yetib olmoqchi bo‘lsa. Chunki davlat xarajatlarining yuqori ulushi ishbilarmonlik xarajatlarini ko‘paytirib, biznes raqobatbardoshligini pasaytiradi.

    O‘zbekistonda davlat xarajatlari YIMga nisbatan 40 foizdan oshib ketgan — bu esa hatto G‘arbiy Yevropadagi ko‘rsatkichlarga teng. Jahon bankining baholashicha, kvazifiskal xarajatlar hisobga olinganda, bu ulush yanada yuqoriroq. Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 1,5–2 barobar past. Kambag‘al, lekin tez o‘suvchi davlatlarda ham shunday.

    Ikkinchidan, O‘zbekistonda iqtisodiyot hali ham notekis va byurokratik tarzda boshqarilmoqda. Qarorlarni bozor emas, mansabdorlar qabul qiladi. Ular katta davlat xarajatlari, imtiyozlar, bojlar va lgotali kreditlar orqali iqtisodiyotni boshqarishda davom etmoqda.

    Bunday sharoitda mansabdorlar doimo ko‘proq mablag‘ talab qiladi. Agar ularning faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati va tizimli cheklovlar bo‘lmasa, bu xohish to‘xtovsiz xarajatlarga, natijada esa ortib borayotgan soliq va qarz yukiga olib keladi”, deb yozadi Yuliy Yusupov.

    Iqtisodchi O‘zbekistonga iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan jihatlarni keltirgan:

    • davlat xarajatlarini (ayniqsa, iqtisodiyotga doirlarini) 1,5–2 barobar qisqartirish,

    • davlatning mulkchilikdagi ulushini keskin kamaytirish,

    • soliq va qarz yukini tushirish, biznes xarajatlarini kamaytirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish,

    • boj va notarif to‘siqlarni qisqartirish, shaxsiy va sohaviy imtiyozlarni bekor qilish — raqobat muhitini yaxshilash va korrupsiya manbalarini yo‘qotish uchun.

    “Eng muhimi — davlatning iqtisodiyotdagi funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va tubdan o‘zgartirish kerak. Davlat xizmatchilari biznesga aralashmasligi, bozor mexanizmlari va raqobat muhitiga aralashib, uni buzmasligi shart. Ammo, afsuski, hozircha aynan shu ish bilan shug‘ullanishyapti.

    Shunday holda, XVJ nima tavsiya qilmoqda? Albatta — soliq yukini yanada oshirishni!

    Bu — umumiy makroiqtisodiy qoidalarni mamlakatning real sharoiti va institutsional xususiyatlarini inobatga olmasdan, mexanik tarzda qo‘llashning ko‘rinishi. Natijada esa — hayratda qoldiradigan tavsiyalar paydo bo‘ladi”, deb yozgan u.

    25 iyun, 23:38   Izoh (0)   5940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #XVJ#Yuliy Yusupov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo davlatlarining jami qarzi 2024-yilda 100 trln dollardan oshishi kutilmoqda

    15.10.2024, 21:25

    XVJ direktorlar kengashi Ukrainaga 1,1 mlrd dollar miqdorida transh ajratilishini tasdiqladi

    19.10.2024, 10:10

    XVJ rahbari global inflyatsiya sekinlashishda davom etayotganini qayd etdi 

    25.10.2024, 23:05

    AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor 36 trln dollardan oshdi

    15.11.2024, 20:55

    AQSH iqtisodiyoti 2025-yilda Rossiyanikidan 14 barobar, O‘zbekistonnikidan 236 barobar yuqorilaydi (infografika)

    1 yanvar, 20:55

    Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan so‘ng prezident tayinlandi

    9 yanvar, 21:10

    Xitoy qarz qopqoni: u qanday qilib mamlakatlarning hudud va infratuzilmasini egallab oladi?

    14 fevral, 16:12

    Gruziya bosh vazirining Toshkentga safari: O‘zbekiston “Kavkaz yuragi” orqali nimalarni reja qilmoqda?

    6 mart, 15:56

    AQSH joriy etayotgan bojlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganilmoqda

    27 mart, 23:45

    Tramp importga yangi bojlarni e’lon qilishga tayyorlanmoqda — OAV

    29 mart, 08:40

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 400 mln dollar kredit ajratishni maʼqulladi

    29 mart, 10:08

    Muammoli kreditlar, shaffof bo‘lmagan amaliyotlar va davlat nazoratining yuqoriligi: O‘zbekiston moliyaviy sektori barqarorligi tahlili

    25 iyun, 13:10

    O‘zbekistonda davlat banklari samarasiz ishlayotgani muammoli kreditlar oshishiga olib kelmoqda — XVJ 

    25 iyun, 16:28

    XVJ: O‘zbekistonda samarasiz bojxona imtiyozlari bekor qilinsa, iqtisodiy o‘sish 3,2 foizgacha oshadi

    25 iyun, 17:46

    “Hukumat moliyaviy sektorda asosiy rol o‘ynayotgani yomon”. XVJ O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini tahlil qildi

    25 iyun, 19:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 10:46

    Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam

    Reklama | 27 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda ortiqcha undirilgan soliqlarni kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritish muddati qisqartirildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 10:37

    Sayohatni qulay va xotirjam o‘tkazishga yordam beradigan maslahatlar

    Maslahatlar | 27 iyun, 10:34

    Armaniston KXSHTdan butunlay chiqish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 27 iyun, 10:15

    “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final bosqichi juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 27 iyun, 10:10

    Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 10:02

    Yaponiyada to‘qqiz kishini o‘ldirgan “Twitter qotili” qatl etildi

    Dunyo | 27 iyun, 10:01

    Ko‘pchilik noto‘g‘ri foydalanib kelgan 7 ta kundalik buyum

    Maslahatlar | 27 iyun, 09:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.