• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qonun 6 bob, 81 moddadan iborat bo‘lib, uning maqsadi banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi. Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

    Sanatsiya qilish — banklarda to‘lovga qobiliyatsizlik holati yuzaga kelganda ularning o‘ta muhim vazifalari uzluksizligini ta’minlashga, omonatchilat va kreditorlar manfaatini himoya qilishga hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tartib-taomillarni amalga oshirish.

    O‘ta muhim vazifalar bank xizmatlari yoki operatsiyalarining shunday turlariki, ularni o‘zga bankning boshqa xizmatlati yoki operatsiyalari bilan almashtirish murakkabligi tufayli ushbu xizmatlarni ko‘rsatish va operatsiyalarni amalga oshirish tugatilgan taqdirda, moliyaviy barqarorlikning buzilishiga yoki real iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan xizmatlarning ko‘rsatilishi cheklanishiga olib kelishi mumkin.

    Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

    • bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;
    • banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;
    • bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.

    Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

    Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

    • aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish);
    • oraliq bankni tashkil etish;
    • hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

    Sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi

    Sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholashdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

    Baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosani taqdim etadi:

    • bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatish tashabbus qilingan bo‘lsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori;
    • sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari ko‘rgan haqiqiy zararlar miqdori;
    • yuqorida ko‘rsatilgan zararlar o‘rtasidagi farq.

    Shuningdek, Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qo‘shma qarori asosida sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi.

    Markaziy bank  sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar bo‘yicha uning to‘lov va o‘tkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli.

    Bank faoliyatini tugatish ixtiyoriy yoki majburiy tugatish shaklida amalga oshirilishi mumkin

    Agar bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lmasa yoki uning to‘lovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lmasa, u ixtiyoriy tugatilishi mumkin. Bankni ixtiyoriy tugatish Markaziy bankning roziligiga asosan amalga oshiriladi.

    Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb e’tirof etilmagan bo‘lsa, u “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilishi mumkin. Bankni majburiy tugatish Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi. Bankni majburiy tugatish suddan tashqari va sud tartibida amalga oshirilishi mumkin. Bankni majburiy tugatish jarayonida majburiy tugatilayotgan bankning aktivlari hamda majburiyatlarini boshqa bankka o‘tkazish va (yoki) bankning aktivlarini sotish vositalaridan foydalaniladi.

    “2020— 2025-yillarga mo‘ljallangan o‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmonida banklarni sanatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish belgilangandi. Unda Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda banklarni sanatsiya qilish mexanizmini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirilgandi.

    Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan hamkorlikda “Banklarni sanatsiyalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, uni mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish va loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangandi.

    Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 13-fevralda qabul qilinib, Senat tomonidan 29-aprelda ma’qullangandi. U 2025-yil 25-sentyabrdan kuchga kiradi.

    25 iyun, 10:29   Izoh (0)   1276
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #banklar#sanatsiya qilish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 4 oyda zo‘ravonlikka uchragan qancha xotin-qizga yordam ko‘rsatildi?

    20 may, 19:20

    Markaziy bank kredit bo‘yicha insofsiz amaliyotga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

    22 may, 10:15

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi: bugungi holati va kelajak istiqbollari 

    23 may, 09:00

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    23 may, 10:30

    O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yoqilishi YIMni ko‘paytirishi mumkin — tahlil

    31 may, 18:31

    Oylikning yarmi kreditga ketmoqda: Markaziy bank aholi qarz to‘lolmay qolishidan xavotir bildirdi

    2 iyun, 16:22

    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

    2 iyun, 16:30

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

    5 iyun, 10:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    7 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    7 iyun, 11:16

    Toshkentda SpaceX, Meta, Boeing kabi kompaniya vakillari ishtirokida xorijiy investorlar kengashi yalpi majlisi o‘tkazildi

    11 iyun, 15:08

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    17 iyun, 19:30

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    18 iyun, 09:56

    Germaniya va Italiya AQSHda saqlanayotgan 45 mlrd dollarlik oltinni qaytarishga chaqirildi

    23 iyun, 20:35

    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

    24 iyun, 18:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.