• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda ikki nafar shifokorni ayovsiz kaltaklagan bemor va uning o‘rtoqlari qamoqqa olindi

    Toshkent shahrida ikki nafar shifokor bemor va uning o‘rtoqlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgandi. SSV holat yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ochiqladi. 

    Foto: SSV

    Unga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga jiddiy tan jarohati yetkazgan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayblanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bu borada Sog‘liqni saqlash vazirligi tergov organi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

    Holat qanday bo‘lgan?

    27-iyul kuni soat taxminan 07:20 larda poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasi qabul bo‘limiga Sergeli tumani, Xonobod 4-tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. ikki nafar o‘rtog‘i — 1997-yilda tug‘ilgan P.I. va S.B.lar hamrohligida olib kelingan. 

    Bemor zudlik bilan navbatchi travmatolog-shifokor A.A. tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Dastlabki tekshiruv davomida unga “Ikkala qo‘l-bilak sohalari, ko‘krak qafasi va qorin oldi devorining ko‘plab kesilgan jarohatlari. Gemorragik shok 2-3-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

    Bemorning holati og‘ir, shok holatida deya baholanib, zudlik bilan qon to‘xtatish va shokka qarshi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda qo‘shma shikastlanishlar shoshilinch bo‘limining mikroxirurgiya o‘rniga gospitalizatsiya qilingan. Soat 07:40 da tanadagi ko‘plab kesilgan jarohatlar inobatga olinib, u darhol xirurgik amaliyot o‘tkazish maqsadida mikroxirurgiya operatsiya xonasiga olib kirilgan.

    Xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan. 

    Shuningdek, B.I.ni tinchlantirishga urinishlar samara bermagach, u operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq do‘pposlay boshlagan. Shundan keyin shifokor M.X. ichki ishlar organlarining 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat yuzasidan navbatchi qismga ma’lumot bergan.

    So‘ng shifokor M.X. bemorning o‘rtoqlari — P.I. va S.B.lar tomonidan ham kaltaklangan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya bo‘limining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operatsion blokka kelgan. Yigitlar bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

    Oqibatda shifokor hushidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tushgan va zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

    O‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlar davomida jabrlanuvchi shifokorga “Bosh-miya yopiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi o‘rta darajasi. 3-bel umurtqasi chap yon qanotining yopiq sinishi. Bosh peshona qismi terisining shilingan jarohati. O‘ng tomonlama lab burchagining yorilishi” tashxisi qo‘yilib, shoshilinch reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rilgan.

    O‘tkazilgan davo muolajalari natijasida bemorning holati biroz ijobiy tomonga o‘zgarib, hushiga kelgan va shok holatidan chiqarilgan. Ammo unda hali ham karaxtlik mavjud. Shu bois davo muolajalari jonlantirish bo‘limida davom ettirilmoqda.

    Ikkinchi shifokor M.X.ning holati hozir nisbatan qoniqarli, lekin olgan bosh miya jarohati va ruhiy holati keskin yomonlashgani inobatga olinib, shifoxonaning qo‘shma jarohatlar bo‘limi travmatologiya qismiga gospitalizatsiya qilingan va kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilyapti.

    30.07.2024, 17:10   Izoh (0)   2447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 64 yoshli shifokor bemorning eri tomonidan kaltaklandi 

    30.03.2023, 15:35

    Andijonda ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemor kaltaklandi 

    31.10.2023, 10:13

    Qashqadaryoda onasi divandan yiqitib qo‘ygan ikki yoshli bola vafot etdi. Shifokor uning otasi tomonidan kaltaklandi 

    21.04.2024, 10:40

    Toshkent viloyatida tez yordam shifokori kaltaklandi

    04.06.2024, 12:54

    Qoraqalpog‘istonda bedarak yo‘qolgan 18 yoshli qizga qidiruv e’lon qilindi 

    30.07.2024, 17:00

    O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi (video)

    30.07.2024, 16:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.