Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:
- Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;
- Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
- Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;
- Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;
- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;
- Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
- din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;
- Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.
Hujjatlar imzolanishidan lavhalar









Iordaniya podshohining O‘zbekistonga tashrifi
Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston prezidenti taklifiga binoan 25-avgust kuni ilk bor davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand shahri aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shu kuni ular birgalikda Samarqand shahrining tarixiy obidalari, jumladan, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasi bilan tanishdi. Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasini borib ko‘rdi.
26-avgust kuni Samarqand shahridagi Kongress markazi binosi oldidagi maydonda Iordaniya podshohini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. Marosimdan keyin Iordaniya podshohi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)