Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 48,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 354,65 so‘m bo‘ldi;
- yevro 4,65 so‘mga pastlab, 14 384,52 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,37 so‘mga oshib, 153,93 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 51,29 so‘mga tushib, 12 305,80 so‘m bo‘lgandi. Bunday past ko‘rsatkich so‘nggi marta 2023-yil dekabrida qayd etilgandi.
Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.
Izoh (0)