O‘zbekistonda ish haftasi davomida havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari kuzatilgan qulay harorat fonidan so‘ng, 25-avgustdan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kunduzi 36-39 daraja, kechasi 21-24 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)