“Pari Sen-Jermen” klubi yangi mavsum oldidan jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Chelsi”ning argentinalik futbolchisi Enso Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “PSJ” Fernandesh uchun 150 million yevrolik taklif tayyorlagan. Shundan 125 millioni — asosiy to‘lov, qolgan 25 millioni esa bonus ko‘rinishida taqdim etiladi. Klubga yaqin manbalar bu summa “Chelsi”ni qanoatlantirishi mumkinligini bildirmoqda. Agar barchasi muvaffaqiyatli yakunlansa, Fernandesh faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirish ehtimoli bor.
Parijliklar ustozi Luis Enrikening shaxsan o‘zi Enso Fernandesh transferini amalga oshirmoqchi. U argentinalik yarim himoyachini Fabian Ruisning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Chunki Ruisning yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda.
Avvalroq Ensoga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi” futbolchini keyingi mavsum oldidan qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.
- Enso Fernandesh o‘tgan mavsumda “Chelsi” safida jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 17 ta assist muallifi bo‘lgan.
- Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil yozigacha mo‘ljallangan.
- Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)