Ta’lim bu – sarmoya. Ammo to‘g‘ri tanlov qilinmagan ta’lim – vaqt va imkoniyat yo‘qotilishidir. Shu bois, o‘g‘il-qizingiz uchun maktab tanlayotganingizda nafaqat sinf xonasi, balki hayot maktabi bo‘la oladigan muassasani tanlashingiz zarur.
Bugungi zamon sizdan shunchaki maktab emas, balki global fikrlaydigan, yetakchilik salohiyatiga ega, intellektual jihatdan kuchli avlodni tarbiyalaydigan muhit talab qiladi. Aynan shunday muhitni yaratgan – Ellipse International School.
Nega aynan Ellipse International School?
Ellipse International School – xalqaro standartlarga javob beradigan, innovatsion va ilhomlantiruvchi ta’lim muhiti yaratgan yetakchi xalqaro maktablardan biridir.
Ushbu maktabda har bir bola:
- Yuqori ta’lim sifati bilan ta’minlanadi;
- O‘zining iqtidorini kashf etish va rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi;
- Chegara bilmas bilimlar olamiga sho‘ng‘iydi;
- Ijtimoiy, texnologik va akademik jihatdan zamonga mos holda ulg‘ayadi.
Maktab quyidagi shiorga asoslanadi:
“Har bir bola – o‘zgacha. Har bir iste’dod – imkon. Har bir orzu – yo‘lga arzigulik!”
Grant dasturi: har bir oilaga katta imkoniyat!
Farzandingiz uchun xalqaro ta’limni orzu qilgansiz-u, moliyaviy imkoniyatlar cheklov bo‘layotgan bo‘lsa – hozir ayni fursat!
1 milliard so‘mlik grant dasturi
Ellipse International School grant dasturi doirasida:
- 100%
- 75%
- 50%
- 25% miqdoridagi ta’lim grantlari taqdim etiladi.
Bu orqali o‘quvchi o‘z qobiliyatiga qarab saralab olinadi va to‘lovdan to‘liq yoki qisman ozod qilinadi.
Grant egalari uchun to‘liq bepul taqdim etiladi:
- Maktab formasi;
- O‘quv qurollari;
- Kunlik 3 mahal ovqatlanish;
- 14 dan ortiq ijodiy, sport va fan to‘garaklari;
- Ingliz tili va IT bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurslar.
Bu shunchaki yordam emas, bu – kelajak poydevorini mustahkamlashga qaratilgan yirik sarmoyadir.
Maktab to‘lovlari va imkoniyatlar tengligi
Grant olmagan bolalar ham maktabda o‘qish imkoniga ega. Buning uchun shunchaki oylik to‘lov amalga oshiriladi va barcha imkoniyatlar ularga ham to‘liq taqdim etiladi:
- 1–6-sinflar: 4 500 000 so‘m
- 7–9-sinflar: 6 000 000 so‘m
- 10–11-sinflar: 7 000 000 so‘m
Shu to‘lovlar evaziga siz nafaqat ta’lim, balki bola shaxsiyati, nutqi, muloqoti va texnologik fikrlashini rivojlantiruvchi muhitgа ega bo‘lasiz.
Yotoqxona va transport: har bir o‘quvchiga qulaylik
Uzoq hududlardan kelgan o‘quvchilar uchun 500 o‘rinli yotoqxona mavjud.
Bu yerda:
- Toza, zamonaviy va xavfsiz xonalar;
- Individual dars burchaklari;
- Ertalabki sport mashg‘ulotlari;
- Tajribali pedagog-nazoratchilar;
- Tartibli va foydali ovqatlar…
Shaharda yashovchi bolalar uchun esa maxsus avtobus xizmati mavjud.
Ellipse International School nafaqat o‘qitadi, balki yashashni, mustaqil fikrlashni va mas’uliyatni ham o‘rgatadi.
Darslar qanday tizim asosida olib boriladi?
Maktabda ta’lim Cambridge xalqaro dasturi asosida tashkil etilgan.
Bu tizim o‘quvchilarning:
- Tanqidiy fikrlash;
- Mustaqil tahlil qilish;
- Yaratuvchanlik;
- Global qarashlarni shakllantirishiga xizmat qiladi.
10–11-sinflar uchun alohida imkoniyat – CMI Foundation
Bu dastur orqali:
ELTS imtihonidan 5.5 va undan yuqori ball olgan o‘quvchilar 100 dan ortiq xorijiy universitetlarga yoki O‘zbekistondagi xalqaro oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri 2-kursdan qabul qilinadi.
Bu – vaqt, pul va imkoniyatni tejash, hamda kelajak sari tezroq qadam qo‘yish degani.
Rivojlanish faqat dars bilan cheklanmaydi!
Ellipse International School o‘quvchilari uchun:
- Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok;
- Nutq, debat, kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Robototexnika, IT, multimedia;
- Sport, san’at, dizayn va boshqa sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
“Biz nafaqat bilim beramiz, balki chempionlar, yetakchilar, innovatorlar va kelajak liderlarini tarbiyalaymiz. Har bir bolada kuchli jihat bor – uni ko‘rib, rivojlantirish bizning burchimiz”, — deydi maktab direktori Siqqik Kaya.
Ochiq eshiklar kuni va bepul diagnostika
Ellipse International School maktabini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingizni istaysizmi?
Har hafta shanba kuni – Ochiq eshiklar kuni!
Bu kunda:
- Maktabni aylanib ko‘rasiz;
- Farzandingiz mutaxassis bilan suhbatdan o‘tadi;
- U bepul diagnostika imtihonini topshiradi;
- Va siz bola qaysi fanlarga iqtidorli ekanini aniq bilib olasiz.
Bu – mutlaqo bepul va hech qanday majburiyatlarsiz.
“Kelajak bugun boshlanadi!”
Farzandingizning hayotida eng to‘g‘ri qaror — unga sifatli va ishonchli ta’lim berishdir.
Ellipse International School — bu nafaqat maktab, bu – imkoniyatlar olami, orzular yo‘li va muvaffaqiyat eshigi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga kiring — https://project14078957.tilda.ws/
Batafsil ma’lumot olish, ochiq eshiklar kuniga yozilish yoki grant imtihonida ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning:
Instagram: @ellipse_uz
Telefon: +99878555-55-77, +99895-865-55-77
Email: mischool2025@gmail.com
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 334-uy
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)