• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    Bolalarni taʼlimni 7 yoshdan boshlashi juda ham kech hisoblanadi. Bu haqda taʼlim masalalari bo‘yicha ekspert Bahodir G‘aniyev YouTube’dagi “Fikrat” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shu bilan birga, mutaxassis taʼlim tizimidagi ayrim muhim masalalarni tahlil qildi. 

    “Taʼlimni 7 yoshdan boshlash kech”

    Bolaga o‘qishni 7 yoshdan yoki 1-sinfga chiqqandan keyin boshlash biologik va islom dini nuqtai nazardan nihoyatda kech. Agar ajdodlarimiz hayotiy yo‘llariga qarasak, ularning ko‘plari 5-6 yoshdan nafaqat o‘qish yoki yozishni, balki Qurʼonni yoddan bilgan.

    Bahodir G‘aniyev
    Bahodir G‘aniyev
    Foto: YouTube

    Qadimda ko‘p olimlar 6-7 yoshida o‘z tilidan tashqari boshqa biror tilda ham gaplasha olgan. Hozir bilim olishni ertaroq boshlaydigan davr qaytib kelyapti. Bolalarimiz muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlasak, ularni ertaroq o‘qish, yozishga, kreativ, mustaqil va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishimiz kerak.

    Bola taʼlim olishni erta boshlashi kerak deganda uni tongdan kechgacha kitobga o‘tirg‘izib qo‘yish nazarda tutilmaydi. Bola o‘ynashi, kulishi, bolaligini o‘tkazishi kerak. Maktabga chiqishdan oldin kommunikatsiyani o‘rganishi lozim. Ertaroq boshlash deganda, 2-3 yoshda tili chiqishni boshladimi, uyquga yotishidan avval ertaklarni o‘qib berish zarur. Bu bolaga qiyinmi? Yo‘q, aksincha bolaligiga yordam beradigan, shundan xursand bo‘ladigan jarayon.

    O‘qitish deganda parta-stul, o‘qituvchini xayolga keltirish kerak emas. Bolada yetti yoshgacha bo‘lgan davr miyasi eng ko‘p maʼlumotni qabul qiladigan, xotirasida qoldiradigan payt hisoblanadi.

    Taʼlimni yetti yoshdan keyin boshlab, asosiy davrni o‘tkazib yuboryapmiz. Bola miyasini maksimal darajada rivojlantirish yetti yoshgacha bo‘ladi. Va 7 yoshigacha u bilan ishlanmasa, 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davrda taʼlim olishidagi samaradorligi 50 foizgacha yo‘qotiladi. Lekin 7 yoshgacha yaxshi ishlangan bola buyog‘iga o‘zini salohiyatini juda ham to‘liq ochib berishi mumkin.

    Ko‘p ko‘ramizki, olti yashar bolani maktabga olib kelishadi. Uning bilimi 1-sinfni o‘tib bo‘lgan darajada. Ham yozadi, sanaydi, matematikani oddiy hisob-kitoblarini qila oladi. Juda zakovatli, aqlli bola. Lekin yosh chegarasi 7 yosh, bolani o‘qishga qabul qilib bo‘lmaydi. Chunki qonun bilan cheklangan. Baʼzilari 7 yoshga to‘lgan bolani olib keladi, hali harf tanimaydi. Bu og‘ir masala. Ko‘p natijalar startga bog‘liq. Yetti yoshda ham o‘qish ko‘nikmasi hali rivojlanmagan bo‘lsa, bu oqibatida bola taqdiriga, aqliy qobiliyatiga taʼsir qiladi.

    Ota-ona maktabni qanday tanlashi kerak?

    Agar bolani boshidan oxirigacha o‘qitishga ko‘zingiz yetmasa, xususiy maktabga bermang. 1-2 yilga berib, keyin davlat maktabiga o‘tkazsangiz bolaning ruhiy holatiga zarba bo‘ladi.

    Ikkinchidan, mayli boshlang‘ich taʼlim uchun davlat maktabiga bering. Chunki boshlang‘ich sinfda maktab emas, o‘qituvchi tanlanadi. O‘qituvchini tanlaganda bolajon, bilimni zo‘r beradigan va talabchanini tanlash muhim. Devorni farqi yo‘q aslida. Agar o‘qituvchi yaxshi bo‘lsa, paxsa devorli binoda ham xuddi o‘sha yaxshi natijani beraveradi.

    Keyingi navbatda maktab imkon qadar uyga yaqin bo‘lsin. Bolani har kuni 1-2 soat yo‘lda yurgizib qiynamang. Xususiy maktab kechgacha bo‘ladi, davlat maktabi 5-6 soat. Maktab uyga yaqin bo‘lgani ma’qul.

    Imkon qadar reklamaga ishonmaslik kerak. Chiroyli ekan, direktori yoki o‘qituvchisi zo‘r gapirdi-ya, deb bolani o‘sha maktabga beravermaslik lozim. Yaʼni reklamadagi gaplarni esdan chiqaring. O‘qituvchilar, maktab rahbari bilan gaplashing. Muhit yaratishda, tarbiyaga ijobiy taʼsir qiluvchi nima mexanizmlari borligi, taʼlim monitoringini qanday o‘lchashlarini so‘rang. Maktab ota-onaga qanday hisobot berishi, va albatta qanday natijalarga erishganini o‘rganish muhim.

    Ko‘p maktablar IELTS olgani bilan maqtanadi. Lekin barcha bolalar hozir xususiy maktabni bitirayotganda ingliz tilini bilishi zarur. Shuning uchun bilish kerakki, maktab ingliz tili o‘quv markazi emas. Maktab bolani to‘laqonli komil inson qilib rivojlantirishi kerak. O‘qish va fikrlash ko‘nikmalarini berishi zarur.

    Siz beradigan savollar ichida tarix fanidan nimalar o‘rgatilishi haqida bo‘lishi kerak. Bolani tanqidiy fikrlashi o‘sishi uchun dasturga nimalar qo‘shilgani, kreativligini qanday rivojlantirishlari, qaysi o‘qituvchilar bilan maqtana olishlarini bilish lozim.

    Agar sizga faqatgina ingliz tili o‘qituvchilari bilan maqtanayotgan maktab bo‘lsa, demak bolangiz u yerni bitirsa, faqatgina ingliz tilida gapira oladigan to‘tiqush bo‘lib chiqadi. Aslida maktabda tilni o‘rgatishni yaxshi tashkil qilish uchun katta harakat kerak emas. Lekin maktabda komil insonni shakllantirishga juda katta energiya kerak.

    Maktabingizda masalan bolani yolg‘on gapirmaydigan qilib tarbiyalash uchun nimalar bor? To‘g‘riso‘z, mard, o‘z fikriga ega, dunyoqarashi keng insonni qanday usullar bilan tarbiyalaysiz, degan savollar berilishi kerak.

    Bizda bo‘lsa, hozir andoza qilib olinganki, IELTS’dan falon darajaga yetkazib beramiz deyilyapti. Tagida reklama yoki haqiqiy ilmiy asos bor natijani farqlash kerak.

    “Taʼlimdan qolganini to‘yga sarflang, to‘ydan qolganini taʼlimga emas”

    Biz inson tarbiyalayapmiz, qo‘y boqmayapmiz. Bu nafaqat farzandingiz kelajagi, balki o‘zingizniki ham. Agar bugun farzandingizni bilimli qilmasangiz, ertaga qariguningizcha ketidan yurasiz.

    Baʼzilar farzandi to‘yiga 10-15 ming dollar sarflaydi. Lekin o‘sha pulga to‘rt nafar bolasini zo‘r taʼlimli qilishi mumkin edi. Shuncha pulni bitta bolasining to‘yiga sarflab yuboradi. Taʼlimdan qolganini to‘yga sarflang, to‘ydan qolganini taʼlimga emas.

    2 avgust, 09:10   Izoh (0)   1974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    1 avgust, 22:14

    Senat xorijdan qaytganlarni OIV infeksiyasi tekshiruvidan majburiy o‘tkazishga oid qonunni maʼqulladi

    1 avgust, 21:12

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Toshkent-Dehli samolyotida inson hayotini saqlab qoldi

    1 avgust, 20:10

    Toshkent viloyatida xalqaro aeroport quriladi

    1 avgust, 19:45

    Andijonda alimentdan qochib yurgan erkakni ushlash uchun “romantik uchrashuv” uyushtirildi

    1 avgust, 19:42

    Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    1 avgust, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.