• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo Ta’lim

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    Intiluvchan, orzumand yoshlarga achinish kerak. O‘nlab yillar davomida yaxshi hayot sari yo‘l aniq belgilab qo‘yilgan edi: universitetga kirish, diplom bilan ish topish, so‘ngra esa daromadingning ortishini kuzatib borish. Ammo hozirgi mehnatkash yoshlar avvalgiga qaraganda ancha kamroq imkoniyatlarga ega.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘zbekistonda 2025/26-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun 732 ming yosh qiziqish bildirdi. Bu ko‘rsatkich 7 yillikdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

    O‘zbekistonda qabul qilinuvchilar soni oshayotgan bir paytda oliy ma’lumotga ega bo‘lishni qiziquvchilar soni kamayayotgani bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari o‘zgarayotganidan darak beradi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov buning sababini bir nechta faktorlar bilan tushuntirdi.

    “Oldingi yillarda institutlarga kira olmaganlar xususiy, nodavlat oliy taʼlim muassasalariga kirib, taʼlimga bo‘lgan ehtiyojini qondirgan deb o‘ylayapman. Shuning hisobiga abituriyentlar kam. Shu bilan birga, oxirgi yillarda xususiy universitetlar ko‘paydi. Ularning ochilishi 2019-yilda boshlangan bo‘lsa, hozir xususiy universitetlar soni 71 taga yetdi. Ular ko‘paygani bozorda oliy taʼlimga kira olmay yurgan yoshlarimizning hammasini qamrab olgan. Endi bozor to‘yindi demoqchiman. Diplomga qiziqish kamayib ketayotgani tabiiy hol. Shunday bo‘ladi sekin-sekin”.

    Vazirning ma’lum qilishicha, avval imkoniyat cheklangan edi, hozir esa unday emas.

    “O‘tgan yoki oldingi yillar davomida ko‘pchilikda oliy taʼlimga kirishga qiziqish yuqori bo‘lsa-da, imkoniyat cheklangan edi. Davlat universitetlarida kvota bo‘lardi. Avvallari faqat 70 mingga yaqin talaba qabul qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu son 360 mingtaga yetdi. Shuning hisobiga yildan yilga oliy taʼlimga kiradigan, oldingi yillarda o‘qishni bitirgan bolalar soni kamayyapti”, dedi vazirlik rahbari.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Umumiy olganda, butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni xohlayotgan yoshlar soni kamaymoqda. The Economist sayti bugungi kunda universitetlar yoshlarga yorqin kelajak va’da qilmayotgani haqida katta maqola e’lon qildi.

    Illustriatsiya: The Economist
     
    Illyustriatsiya: The Economist

    Texnologiya sohasiga ishga kirishni xohlaysizmi? Yirik kompaniyalar ish o‘rinlarini qisqartirishyapti. Davlat sektori-chi? U avvalgidek nufuzli emas. Muhandislikmi? Endilikda ko‘plab ilg‘or innovatsiyalarning barchasi — elektr avtomobillaridan tortib, qayta tiklanuvchi energiyagacha — Xitoyda amalga oshirilmoqda. Advokatlik deysizmi? Sun’iy intellekt yaqin orada sizni ishsiz qoldirishi mumkin. Jurnalist bo‘lish haqida esa o‘ylamang ham.

    G‘arbda yosh bitiruvchilar o‘zlarining imtiyozli mavqeyini yo‘qotib bormoqdalar; ayrimlari allaqachon undan mahrum bo‘lgan. Ish bozoriga oid ma’lumotlar bu o‘zgarishni tasdiqlaydi. Oxford Economics tahlilchisi Metyu Martin 22–27 yosh oralig‘idagi bakalavr va undan yuqori ma’lumotga ega amerikaliklarni o‘rganib chiqdi. Tarixda ilk bor ularning ishsizlik darajasi mamlakatdagi o‘rtacha ishsizlik ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda. Bu asosan ilk marta ish qidirayotganlar hisobiga yuz bermoqda.

    Foto: Boundless
    Foto: Boundless

    Bu tendensiya faqat AQSHga xos emas. Yevropa Ittifoqida ham oliy ma’lumotli yoshlarning ishsizlik darajasi o‘zining tengdoshlari orasidagi umumiy ishsizlik ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda. Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya — barchasi shu yo‘ldan ketayotgandek. MBA kabi universitetlarni bitirgan, yuqori martabali diplomga ega bo‘lgan yoshlar ham qiynalayotgan ko‘rinadi: 2024-yilda Stenford biznes maktabi bitiruvchilarining 80 foizi uch oy ichida ishga joylashgan, xuddi shu ko‘rsatkich 2021-yilda 91 foiz edi. Maktab oshxonasida ovqatlanayotgan talabalar bir qarashda xursand ko‘rinsa-da, diqqat bilan qarasangiz, ularning nigohidagi xavotir yaqqol seziladi.

    Yaqin-yaqingacha “universitet bonusi” — ya’ni oliy ma’lumotli kishilarning boshqalarga qaraganda ko‘proq daromad olishi — o‘sib borayotgan edi. Ammo so‘nggi yillarda bu farq, jumladan, AQSH, Britaniya va Kanadada ancha qisqarmoqda. 2015-yilda o‘rtacha hisobda kollej bitiruvchisi o‘rta maktab bitiruvchisidan 69% ko‘proq maosh olgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam 50% atrofida bo‘ldi.

    Foto: The Ecomonist
    Foto: The Ecomonist

    Ishdan qoniqish darajasi ham tushib ketmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, bitiruvchilarning o‘z ishidan “juda mamnunman” deyish ehtimoli universitetda o’qimagan yoshlarga nisbatan yuqoriroq bo’lib kelgan va bu uzoq yillar davomida 7 foizni tashkil etgan, ammo hozir bu ko’rsatkich atigi 3 foiz.

    Bitiruvchilar o‘z imtiyozlaridan mahrum bo‘lishsa, bu yomonmi? Mantiqiy jihatdan bunday deyolmaymiz — axir, hech bir guruh boshqalardan ustun bo‘lish huquqiga ega emas. Biroq amalda bu xavfli bo‘lishi mumkin: tarix shuni ko‘rsatadiki, aqlli odamlar — yoki o‘zini shunday hisoblovchilar — o‘z umidlaridan, o‘zlari kutganidan pastroq natijaga duch kelsa, oqibatlar salbiy bo‘ladi.

    Konnektikut universiteti olimi Piter Turchinning fikricha, tarixda yuzaga kelgan ko‘plab ijtimoiy beqarorliklarga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri bu — “elitalarning haddan tashqari ko‘payishi”dir. Unga ko‘ra, aynan “elitaga qarshilar” ijtimoiy noroziliklarga yetakchilik qilganlar. Tarixchilar 1848-yilgi Yevropa inqiloblarida asosiy muammo “o‘qimishli erkaklarning ortiqchaligi” bo‘lganini qayd etishadi. Luiji Mangione bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Pensilvaniya universiteti bitiruvchisi bo‘lgan bu shaxs aslida farovon hayot kechirayotgan bo’lishi kerak edi, biroq u sog‘liqni saqlash kompaniyasi bosh direktorini o‘ldirishda ayblanib sud qilinmoqda. Eng e’tiborlisi — odamlarning unga bildirgan hamdardligi: Mangionega 1 million dollardan ortiq xayriya kelib tushgan.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Nima sababdan bitiruvchilar o‘z ustunliklarini boy bermoqdalar?

    Balki universitetlarning haddan tashqari ko‘payishi standartlarning pasayishiga olib kelgandir. Universitetlar iqtidori past talabalarni qabul qilib, ularga sust ta’lim beradigan bo‘lsa, ish beruvchilar vaqt o‘tishi bilan o‘qigan bilan o‘qimagan ishchi o‘rtasida unchalik katta farq kutmasligi mumkin. Pittsburg davlat universiteti olimasi Syuzan Karlson boshchiligidagi tadqiqotga ko‘ra, ko‘plab zamonaviy talabalar savodsizlik muammosiga duch kelmoqda. Ingliz tili yo‘nalishidagi ko‘plab talabalar Charlz Dikkensning Bleak House (Xira uy) asarini tushunishda qiynalayotgani aniqlangan. Jumladan, asarning birinchi satri — “Mayklmes semestri yaqinda tugadi va Lord Kansler Linkoln Inn Xollda o‘tiribdi” — ko‘pchilikni hayratda qoldirgan.

    Albatta, ayrim universitetlar sifatsiz kurslarni taklif qilmoqda. Aslida talabalar bunday joyda o‘qimasliklari kerak. Biroq maosh ustunligi masalasi bilan bitiruvchilar soni ko’payishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q: masalan, 1980-yillarda Amerikada bularning ikkalasi ham birdek o‘sgan. Yana bir jihat — elita universitetlardagi talabalar bilan suhbatlashsangiz, ularning ahmoq emasligini anglaysiz. Stenford talabalari nihoyatda zukko. Bir paytlar Oksford va Kembrijda talabalar reytingda oxirgi o‘rinlarni olib bo‘lsa-da, universitetni muvaffaqiyatli tamomlasalar, “uchinchi jentlmenlar” degan nom bilan taqdirlanardi. Endi esa bu an’analar o‘zgarib ketgan.

    Federal zaxira tizimining San-Fransisko bo‘limi xodimi Leyla Bengali va uning hamkasblari tomonidan yozilgan yangi tadqiqot yana bir muhim haqiqatni ochib berdi. Ular universitet bitiruvchilarining maoshdagi ustunligi pasayib ketishining asosiy sababi sifatida “talab omillarini, ya’ni malakaga asoslangan texnologik o‘zgarishlarning sekinlashuvi”ni ko‘rsatishadi. Oddiy qilib aytganda, ish beruvchilar ilgari faqat bitiruvchilarga xos bo‘lgan ish joylariga universitetda o’qimagan xodimlarni tobora ko’proq yollamoqda.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qizil diplom deysizmi? Hech kimga qiziqmas

    Ayniqsa, texnologiyalardan oddiy usulda foydalanishni talab qiladigan ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Yaqingacha ko‘pchilik faqat universitetdagi ta’lim orqali kompyuterdan foydalanishni o‘rganib olardi. Hozir esa hammaning qo‘lida smartfon bor — demak, odamlar oliy ma’lumotsiz ham texnikani bemalol o‘zlashtirishyapti. Bu tendensiyaning natijasi esa oydin: ish qidirishga mo‘ljallangan sayt bergan ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ta’limga oid talablar yengillashmoqda. AQSHning professional va biznes xizmatlari sohasi 15 yil avvalgiga qaraganda ancha ko‘proq oliy ma’lumotsiz ishchilarni yollayapti — hatto bunday odamlar soni kamaygan bo‘lsa ham.

    Ish beruvchilar hatto bitiruvchilar uchun qulay bo‘lgan sohalarda ham ish o‘rinlarini qisqartirmoqda. Yevropa Ittifoqida 15-24 yoshdagi moliya va sug‘urta sohasida ishlayotgan yoshlar soni 2009–2024-yillar oralig‘ida 16 % ga kamaydi. AQSHda esa 2006-yildan beri “yuridik xizmatlar” sohasidagi ish o‘rinlari deyarli o‘zgarmagan. Yaqingacha Britaniyada boylik orttirish istagidagi talaba uchun eng aniq yo‘l bank sohasi bitiruvchilari dasturiga kirish edi. Ammo 2016-yildan buyon huquq va moliya sohalarida ishlayotgan yigirma yoshlilar soni 10% ga kamaydi. London bankida ishlovchi bitiruvchilar haqida hikoya qiluvchi Industry serialining uchinchi fasliga kelib, asosiy aktyorlarning aksariyati ishdan chetlashtirilgan (yoki vafot etgan).

    Ushbu imkoniyatlarning pasayishi uchun sun’iy intellektni ayblash juda qulay va oson javobdek tuyuladi. Texnologiya hujjatlar yuritish yoki yuridik yordam kabi oddiy “bilimga asoslangan” ishlarni avtomatlashtirishga qodirdek ko‘rinadi. Biroq bu maqolada tasvirlangan tendensiyalar ChatGPT paydo bo‘lishidan ancha oldin boshlangan. Bunga ko‘plab boshqa omillar sabab bo‘lgan. An’anaviy ravishda bitiruvchilarni ishga olib kelgan tarmoqlar oxirgi yillarda og’ir davrlarni boshdan kechirdi. Yillar davomida kompaniyalarning birlashishi va bir-birini o’z ichiga qo‘shib olish faoliyati sustlashib ketdi va advokatlarga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi. Investitsiya banklari esa 2007–2009-yillardagi global moliyaviy inqirozdan oldin jahd bilan harakat qilgan bo’lsa, hozir u davrdagiga qaraganda ancha sustlashgan va ehtiyotkorlik yo’lini tanlagan.

    Foto: Freepik
    Foto: Freepik

    Oliy ta’limda o’qish arzimaydimi?

    Aksar amerikaliklar shunday xulosa qilgan ko’rinadi. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, 2013–2022-yillar oralig‘ida bakalavriat dasturlariga qabul 5% ga kamaygan. Biroq ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, oliy ta’lim arzonroq bo‘lgani uchun (chunki davlat ko‘proq moliyaviy yordam ko‘rsatadi), yoshlar hanuz universitetlarga oqib kelishmoqda. AQSHni hisobga olmaganda, OECD bo‘ylab qamrov shu o‘n yil ichida 28 milliondan 31 milliongacha oshgan. Fransiyada talabalar soni 36%, Irlandiyada esa 45% ga ko‘paygan. Hukumatlar foydasiz diplomlarga subsidiyalar ajratib, yoshlarni bekordan-bekor o‘qishga undamoqda.

    Balki, talabalar to‘g‘ri yo‘nalish tanlamayotgandir. AQSHdan tashqarida san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarda o’qiydiganlar soni ko‘paymoqda. Shuningdek, jurnalistikaga kirish ham sababsiz ravishda ortib bormoqda. Agar bu raqamlar yoshlarning kelajakdagi ish haqidagi tasavvurlarini aks ettirsa, demak ularni oldinda haqiqiy muammo kutib turibdi.

    Bir necha yil avval O‘zbekistonda oliy ma’lumotga talab nihoyatda yuqori edi. Bugungi kunda esa texnologiyaning jadal rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlar va ular yaratgan imkoniyatlar tufayli yoshlarda universitetlarda o‘qishdan ko‘ra zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalarini egallashga qiziqish ortib bormoqda. Yuqorida keltirilgan tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy ta’lim sifatining pasayishi yoki unga muqobil variantlarning ko‘payishi diplomning qadri biroz tushishiga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda esa diplomdan ko‘ra amaliy ko‘nikma va real bilimlar ko‘proq qadrlanmoqda.

    27 iyul, 13:50   Izoh (0)   2173
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.