• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida ko‘p yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlar shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinadi. Hukumat qarori bilan buning tartibi tasdiqlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, pensionerlar shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida jalb qilinadi. Tanlovda ishtirok etadigan pensionerlarning soni cheklanmaydi.

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish vaqtida pensionerlarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek ularning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanadi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish chog‘ida tanlov Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxatidan kelib chiqqan holda yilda kamida bir marta o‘tkazilishi mumkin.

    Bunda:

    • kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar ro‘yxatini shakllantirish hududiy profilaktika bo‘linmalari rahbarlarining asoslantirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
    • har yil boshida tasdiqlangan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxatidan kelib chiqqan holda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinishi lozim bo‘lgan pensionerlar soniga aniqlik kiritiladi;
    • pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish uchun tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddati keyingi yil boshida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning ro‘yxati tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.

    Pensionerlar tanlov komissiyasiga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Tanlov komissiyasi tomonidan pensionerning arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Pensionerning huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilishga doir talablar va shartlarga muvofiqligini, shuningdek uning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun tanlov komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.

    Suhbat natijalari quyidagi mezonlarga asosan 5 ballik tizimda baholanadi:

    • berilgan savollarga to‘liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi – 5 ball;
    • berilgan savollarga aniq, biroq to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi – 4 ball;
    • berilgan savollarga to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi – 3 ball;
    • berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi – 2 ball;
    • berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi – 1 ball;
    • berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi – 0 ball.

    Tanlov natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinadi.

    Shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilingan pensionerlarga haq to‘lash taqdim etilgan dalolatnomalarga asosan ularga to‘lanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorda Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    27 iyul, 10:05   Izoh (0)   4761
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ichki ishlar organlari#huquqbuzarliklar profilaktikasi#kriminogen vaziyat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonning ikki tumani “Tashabbusli byudjet”da ovoz bermaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 00:07

    Xitoy va amerikalik olimlar binolarni sovitadigan sement ishlab chiqdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:50

    O‘zbekistonda ayollar rahbarlik qiluvchi kichik korxona va firmalar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 23:40

    Daniya kitobxonlikni rivojlantirish uchun kitoblarga qo‘yilgan 25 foizlik soliqni bekor qiladi

    Dunyo | 21 avgust, 23:30

    Yetti oylik inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi — Statqo‘m

    Iqtisodiyot | 21 avgust, 23:20

    DeepSeek sun’iy intellekti yangilangan modelini taqdim etdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:10

    AQSHda mexanik 10 yil oldin yo‘qolgan hamyonni kapot ostidan topib, egasiga qaytardi

    Dunyo | 21 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.