Parijning “PSJ” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finali doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu “Real”ni tahlil qilish oson emas. Taktik jihatdan bu — yangi jamoa, shu bois ba’zi murakkabliklar mavjud. Ammo hamma yaxshi biladiki, ularda individual jihatdan kuchli futbolchilar bor. Xabi Alonsoning maqsadi — mukammal jamoa qurish. Bu o‘yin biz uchun juda muhim. “Real”ga qarshi to‘qnash kelganimiz shuni anglatadiki, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayapmiz. Qiziqarli bahs bo‘ladi. Jamoa kuchli motivatsiyaga ega.
Shuningdek, Luis Enrike himoyachilar haqida ham alohida to‘xtaldi:
Ashraf Hakimi – mening faoliyatim davomida ishlagan eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. Chap qanotda esa Nunu Mendesh jahon darajasidagi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ular “Real”ning vingerlariga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” – “Real Madrid” yarim final bahsi bugun, 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 (O‘zbekiston vaqti bilan) boshlanadi.
Izoh (0)