Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Borussiya D” “PSJ”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
“PSJ” prezidenti jurnalistlarning Luis Enrike iste’fosi haqidagi savollariga jahl bilan javob berdi.
“Kelajak uchun rejalar bor, maqsadimiz sari intilamiz. Bizda Yevropaning eng yosh jamoasi bor — kelajak bizniki. Luis Enrikening iste’fosi? Bu qanaqa savol? Futbolni tushunasizmi?”, — deb jahl qildi Nosir al-Helayfi.
Luis Enrike 2023-yildan buyon parijliklar bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Mutaxassis klub bilan birgalikda Fransiya Superkubogi va Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)