AQShning Ruterford shahrida joylashgan “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasining yarim final uchrashuvida Londonning “Chelsi” jamoasi Braziliyaning “Fluminense” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 18-daqiqasida “Chelsi” hujumchisi Juao Pedro hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 56-daqiqada Pedro o‘zining ikkinchi golini urib, dublni rasmiylashtirdi va “ko‘klar”ning ustunligini mustahkamladi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda “Chelsi” ushbu g‘alaba tufayli finalga yo‘l oldi.
Endi londonliklar 9-iyuldab 10-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan “PSJ” hamda Madridning “Real” klubi o‘rtasidagi yarim final bahsida g‘alaba qozongan jamoaga qarshi hal qiluvchi o‘yinda maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati
Yarim final
9-iyul, chorshanba
“Fluminense” — “Chelsi” 0:2
Gollar: 0:1 — Pedro (18), 0:2 — Pedro (56)
Izoh (0)