• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    2013-yilda Rossiyaning Chelyabinsk viloyati tepasida atmosferaga kirib kelgan yirik meteorit portlaydi. So‘ng uning bo‘laklari turli hajmlarda yerga tushadi. Ular kichik zarradan turli hajmdagi tosh ko‘rinishida edi. Meteoritning eng yirik bo‘lagi — 540 kg og‘irlikdagi qattiq jism Chebarko‘l ko‘liga tushadi. O‘shanda NASA meteoritning atmosferaga kirgan paytdagi portlash kuchi 500 kilotonna bo‘lganini ma’lum qilgandi. Taqqoslash uchun bu Xirosimaga tashlangan bomba portlashidan 20 baravar kuchli.

    2013-yil 1-fevral, Chelyabinsk shahri. Juma kuni ertalab sport murabbiyi Aleksandr Xarlamov hamkasblari bilan 20 nafar bolani shug‘ullantira boshlaydi.

    Soat mahalliy vaqt bilan 9:20 larda tashqarida qandaydir chaqnash sodir bo‘ladi va bir soniyaga hammayoq yorishib ketadi. Bolalar hodisani tomosha qilish uchun katta oyna qo‘yilgan deraza tomon yugurishadi.

    Murabbiylardan biri darhol bolalarni zal burchagidagi pana joyga hayday boshlaydi. Bolalar qandaydir tomoshadan quruq qolganday, istar-istamas murabbiy ko‘rsatgan joyga o‘ta boshlashadi.

    Shu paytda binoga kuchli to‘lqin kelib uriladi va oynalar sinib, xuddi o‘qday ichkariga otila boshlaydi. Xarlamov murabbiylar bilan darhol bolalarni to‘shamalar bilan to‘sa boshlashadi. Biroq ikki bola zal o‘rtasida qolib ketgandi.

    Xarlamov darhol ular tomon otiladi va ikkalasini yerga yotqizib, tanasi bilan to‘sadi. To‘lqin kuchi bir zumda susayadi. Ungacha esa Xarlamovning tanasi boshdan oyoq jarohatlangan, hammayog‘idan qon oqib turardi.

    O‘shanda Xarlamov va uning hamkasblari Chelyabinskda bomba portladi deb o‘ylashadi. Aslida esa unday emasdi. Shahar tepasida atmosfera bilan to‘qnashgan yirik meteorit portlagan va uning kuchli to‘lqini hamda meteorit bo‘laklari yergacha yetib kelgandi.

    Meteoritning tushishi

    2013-yil 15-fevral kuni AQSHning NASA fazoviy tadqiqotlar agentligi Yer atmosferasiga diametri 18 metr, og‘irligi 11-13 ming tonna bo‘lgan ulkan meteorit kirganini qayd etadi. Taqqoslash uchun, meteoritning bo‘yi 6 qavatli uyga teng bo‘lgan.

    Meteorit sekundiga 18,6 km tezlikda harakatlanadi va atmosferaga kirgandan so‘ng 32 sekund o‘tib portlaydi. Bu paytda u Rossiyaning Chelyabinsk viloyati tepasida yer sathiga yaqinlashib qolgandi.

    NASAning baholashicha, meteoritning portlash kuchi trotila ekvivalentida qariyb 500 kilotonnaga yetgan. Rossiya Fanlar akademiyasi esa 200 kilotonna bo‘lganini qayd etgan. Rossiya astronomiya instituti mutaxassislari esa portlash kuchi 1,5 megatonnaga yetganini ma’lum qilishgan.

    Fransiya Atom energetikasi komissarligi olimlarining xulosasiga ko‘ra, Chelyabinsk tepasida portlagan meteoritning portlash kuchi 460 kilotonnga yetgan.

    Meteorit havoda portlagan paytda juda yorug‘ nur ajralib chiqadi va u parchalanib ketadi. So‘ng kuchli to‘lqin hosil bo‘lib, meteorit parchalari yer sathi tomon harakatlanishda davom etadi. Oqibatda, Chelyabinsk shahri va viloyatida meteorit yomg‘iri yog‘adi.

    Samoviy jism bo‘laklari pastga tushar ekan, ular kuchli to‘lqin bilan yerga yopiriladi. Oqibatda kuchli to‘lqin Chelyabinsk shahri va viloyatidagi aksariyat binolarning derazalari sindiradi.

    Turli kattalikdagi tosh ko‘rinishida bo‘lgan meteorit bo‘laklari binolarning tomlariga zarar yetkazadi. Ko‘chalarda turgan mashinalar pachoqlanadi. Shuningdek, kuchli to‘lqin va meteoit bo‘laklari ochiq joylarda bo‘lgan odamlarni jarohatlaydi.

    Juda yorug‘ nur va kuchli to‘lqinni ko‘rgan odam avvaliga atom bombasi portladi deb o‘ylashadi. Ularning bu xavotiri ham bejizga emasdi. Chelyabinskda bir nechta yadro qurollari ishlab chiqaradigan korxonalar joylashgan.

    Ko‘p o‘tmay portlagan narsa yadro quroli emas, osmondan tushgan yirik meteorit bo‘lagi ekani oydinlashadi. O‘shanda asosiy meteorit bo‘laklari zarradan tortib bir necha kilogrammgacha bo‘lgan. Eng yirik bo‘lak – 540 kg og‘irlikdagi qattiq jism Chebarko‘l ko‘liga tushadi.

    NASA xulosalariga ko‘ra, Chelyabinskka tushgan meteorit 1908 yilda Sharqiy Sibirdagi Tunguskaga tushgan meteoritdan so‘ng eng yirik samoviy jism edi.

    Olimlarning bildirishicha, bunday hodisalar har 100 yilda bir sodir bo‘ladi. Qiziq tomoni, so‘nggi ikkita yirik meteorit ham Rossiya hududiga tushdi.

    Hodisa oqibatlari

    Samoviy jism bo‘laklari Chelyabinsk shahridan tashqari, Chelyabinsk viloyatining bir nechta tumanlariga tushgandi. Shu sababli hodisa yuz bergan zahoti viloyatning uchta tumanida 15-fevraldan 5-martgacha favqulodda holat joriy etiladi.

    Umumiy hisobda 1 615 kishi turli darajada jarohatlanadi. Ularning aksariyati yuqorida hikoya qilingan sport murabbiyi Xarlamov kabi oyna siniqlari tufayli jarohatlangandi.

    Jarohatlanganlarning aksariyati tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uyiga javob beriladi. 100 nafardan oshiq odamning jarohatlari jiddiy bo‘lgani uchun shifoxonalarga yotqiziladi.

    Keyinchalik, meteorit yomg‘iri va kuchli to‘lqin Chelyabinsk viloyatida odamlarga va byudjet tashkilotlariga 490 mln rubl (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 17 mln dollar atrofida bo‘ladi) zarar yetkazgani ma’lum qilinadi.

    Sanoat korxonalari va boshqa tashkilotlar ham qo‘shib hisoblanganda zarar miqdori 1 mlrd rublga (qariyb 35 mln dollar) yetgani aytiladi.

    Meteorit vasvasasi

    Chelyabinsk shahri va viloyatiga tushgan meteoritlar qattiq yerga tushib parchalanib ketadi. Biroq viloyatda 3 600 ta ko‘l bo‘lib, suvga tushganlari butun saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin edi.

    Ko‘p o‘tmay turli mutaxassislar, odamlar ko‘llar bo‘ylab meteoritning yirik bo‘lagini topish uchun “ov” boshlab yuborishadi. Meteorit izlash uchun Rossiyaning boshqa joylaridan, hatto xorijiy davlatlardan ham odamlar kelishadi.

    O‘sha paytda viloyatdagi barcha ko‘llarning yuza qismi muzlab turgandi va yirikroq meteorit bo‘lagi tushgan joyni topish uchun mashinada ko‘l ustini aylanib chiqish yetarli edi. Chunki, meteoritning qizib turgan bo‘lagi muzni teshib o‘tishi aniq edi.

    Yirik meteorit bo‘laklarini topish ilinjida bo‘lganlar ko‘llarni tekshirib chiqa boshlashadi. Bu ish poygaga aylanib ketadi. Ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda yirik meteorit bo‘laklari uchun pul taklif qilingan e’lonlar paydo bo‘ladi.

    Ularda meteorit bo‘lagining har bir kilosi uchun 50 rubldan 500 rublgacha pul taklif etilgandi. O‘shanda 1 dollar 30 rubl bo‘lgani inobatga olinsa meteoritning har bir kilosi uchun qariyb 2 dollardan 17 dollargacha taklif etishgan.

    O‘shanda oddiy odamlar qidiruvni Chelyabinsk yaqinidagi suv havzalaridan, mutaxassisilar esa negadir chetroqdan boshlashadi. Aerodinamika qonunlariga ko‘ra yirik jism portlash radiusidan uzoqroqqa ketadi. Shu sababli mutaxassislar to‘g‘ri yo‘l tutayotgandi.

    Oxir-oqibat ular Chelyabinskdan 90 km uzoqlikda joylashgan Chebarko‘l ko‘lida diametri 8 metr bo‘lgan aylana teshik topishadi.

    Agar osmon jismining hajmi teshikdan 10 baravar kichik bo‘lganda ham bu yerga diametri qariyb 1 metr bo‘lgan yirik meteorit bo‘lagi tushgan deb taxmin qilishadi.

    Bu taxmin to‘g‘ri chiqadi va Chebarko‘lda diametri 70 sm o‘lchamdagi meteorit bo‘lagi topiladi. Uning yonida yana ikkita kichik bo‘lak bor edi. Bu ish shov-shuv bo‘lgach Chebarko‘lga ko‘plab OAV muxbirlari yetib kelishadi.

    Meteorit bo‘lagini ko‘ldan maxsus texnikalar yordamida olib chiqishadi. Jarayon butun dunyoga ko‘rsatib turiladi. Meteorit bo‘lagi tortib ko‘rilganda uning og‘irligi dastlab 540 kg, ikkita kichik bo‘laklar birga 654 kg chiqadi.

    Keyinchalik negadir uning og‘irligi kamayib boradi. Keyingi marta 2015 yil yanvarda tortilganda tarozi uning og‘irligini 503 kg ko‘rsatadi. Mutaxassislar buni meteorit ko‘lga tushganda ivib bo‘kkani, keyinchalik qurib vaznini yo‘qotgani bilan izohlashadi.

    Hozirgi kunda Chebarko‘ldan topilgan yirik meteorit bo‘lagi Janubiy Ural tarix muzeyida saqlanmoqda. Unga “Chelyabinsk” deb nom berilgan.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    19 iyun, 13:31   Izoh (0)   950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #meteorit#Rossiya#Chelyabinsk#NASA

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:45

    Tramp siyosati tufayli yil boshidan beri 1 millionga yaqin migrant AQShni tark etdi

    Dunyo | 19 iyun, 22:35

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:25

    Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:15

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    Dunyo | 19 iyun, 22:05

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.